» » O‘zbekistonda harbiy qismlardagi yoshlarning eng yaxshi boshlang‘ich tashkiloti tanlovi g‘oliblari aniqlandi

O‘zbekistonda harbiy qismlardagi yoshlarning eng yaxshi boshlang‘ich tashkiloti tanlovi g‘oliblari aniqlandi


O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashida “Harbiy qismlardagi eng namunali boshlang‘ich tashkiloti” tanlovining respublika bosqichi o‘tkazildi. Unda tanlovning hududiy bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 14 nafar ishtirokchi o‘zaro bahs olib bordi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.

Markaziy kengash, Qurolli Kuchlar tizimidagi vazirlik va idoralarning vakillaridan tuzilgan hakamlar hay’ati tanlovning respublika bosqichi ishtirokchilarini baholab, mutlaq g‘oliblarni aniqlab berdi.

—Boshlang‘ich tashkilot yetakchisining 2018-yil davomida amalga oshirgan ishlari 20, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy va ma’naviy savodxonligi 30, notiqlik san’ati va yoshlarni o‘z ortidan ergashtira olish qobiliyati 30 va yangi amalga oshiradigan loyihasining taqdimoti 20 ballgacha, jami 100 ballik mezonda baholanadi, – deydi yetakchilar kengashi raisi Sardorbek Abdusamadov.

Tanlovda 1-o‘rinni Farg‘ona viloyatidagi harbiy qism boshlang‘ich tashkilot yetakchisi Ziyodilla Tillaxo‘jayev, 2-o‘rinni Toshkent viloyatidagi harbiy qism boshlang‘ich tashkilot yetakchisi Anvar Qutlimurodov, 3-o‘rinni Xorazm viloyatidagi harbiy qism boshlang‘ich tashkilot yetakchisi Jo‘ra Rahmatov va Buxoro viloyatidagi harbiy qism boshlang‘ich tashkilot yetakchisi Ahad Mahkamov egalladi.

Ma’lumot uchun, Respublika bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan boshlang‘ich tashkilotlar yetakchilari nomzodi “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni va boshqa davlat mukofotlariga tavsiya etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 62) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют