» » Osiyo Kubogi—2019. Qatar KXDRga javobsiz 6 ta gol urdi (video)

Osiyo Kubogi—2019. Qatar KXDRga javobsiz 6 ta gol urdi (video)


13-yanvar, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi 2-turining “E” guruhidagi ikkinchi uchrashuv ham o‘z nihoyasiga yetdi.

Unda Qatar terma jamoasi KXDR termasini yirik 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Uchrashuvda Qatar termasi hujumchisi Almuaz Ali KXDR darvozasini 4 marta ishg‘ol qilib, pokerga erishdi (9, 11, 55, 60). Arablar 2 tur bo‘yicha raqib darvozasiga javobsiz 8 ta gol urgan bo‘lsa, shundan 5 tasiga Almuaz Ali mualliflik qildi va musobaqaning to‘purarlar jadvalida yaqqol peshqadamlga aylandi.

Shuningdek, Hukhi (43) va Hasan Fadlalla (68) ham bittadan golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa qatarliklar 2 ta o‘yin natijasiga ko‘ra 6 ochko to‘plab, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, Osiyo Kubogi 2-turining “E” guruhidagi dastlabki uchrashuvda Saudiya Arabistoni Livanni 2:0 hisobida yenggan edi.

Osiyo Kubogi—2019

“E” guruhi, 2-tur

13-yanvar, yakshanba

Gollar: 0:1 – 9 Almuaz Ali, 0:2 – 11 Almuaz Ali, 0:3 – 43 Hukhi, 0:4 – 55 Almuaz Ali, 0:5 – 60 Almuaz Ali, 0:6 – 68 Hasan Fadlalla.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют