» » Osiyo Kubogi—2019. Eron Vyetnamga javobsiz 2 ta gol urib, pley-offga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi (video)

Osiyo Kubogi—2019. Eron Vyetnamga javobsiz 2 ta gol urib, pley-offga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi (video)


12-yanvar, shanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi 2-turining “D” guruhidagi birinchi uchrashuvda Eron terma jamoasi Vyetnam termasi ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinning 38—69-daqiqalarida Eron terma jamoasi hujumchisi Sardor Azmun Vyetnam darvozasini 2 marta ishg‘ol qilib, dublga erishdi.

Futbolchi hozircha musobaqaning to‘purarlar ro‘yxatida yetakchilik qilmoqda. 2 ta tur bo‘yicha uning hisobida 3 ta gol mavjud.

Ma’lumot uchun, bugun “D” guruhidagi navbatdagi bahs Yaman va Iroq qarshiligi ostida o‘tadi.

Osiyo Kubogi—2019

“D” guruhi, 2-tur

12-yanvar, shanba

Gollar: 0:1 — 38 Sardor Azmun, 0:2 — 69 Sardor Azmun.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют