» » Shavkat Mirziyoyev bir guruh harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga davlat mukofotlarini topshirdi

Shavkat Mirziyoyev bir guruh harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga davlat mukofotlarini topshirdi


Prezident farmoniga muvofiq Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 27 yilligi munosabati bilan bir guruh harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari harbiy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlandi. 14-yanvar kuni ana shu yuksak mukofotlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Davlat rahbari, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev yig‘ilganlarni Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklab, ularga mukofot topshirishni yuksak sharaf deb bilishini ta’kidladi.

— Bu mukofotlar sizlarga aynan Vatan himoyachilari kunida topshirilayotganida chuqur ramziy ma’no bor. Biz bu bayramda Qurolli Kuchlarimizni, barcha askar, serjant, ofitser va generallarni, muhtaram faxriylarimizni sharaflaymiz, ularga eng ezgu tilaklarni bildiramiz. Sizlarning timsolingizda hozir butun armiyamizni, barcha harbiylarimizni qutlab turgandek bo‘layapman. Jonajon Vatanimiz himoyasi va tinchligi yo‘lidagi fidokorona xizmatingiz va jasoratingizni hammamiz yaxshi bilamiz, yuksak qadrlaymiz. Shu ma’noda, bu mukofotlarni xalqimiz va davlatimizning Qurolli Kuchlarimizga, uning barcha shaxsiy tarkibiga ko‘rsatayotgan cheksiz ehtiromi sifatida qabul qilishingizni istayman, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mudofaa tizimida inson omili hal qiluvchi rol o‘ynaydi. O‘z qasamyodiga sodiq, keng bilim va malakaga ega, aql-zakovatli, mard va azmu shijoatli harbiylar armiyaning qudratli kuchidir.

— Har qanday tahdid va xatarlarga munosib zarba berishga tayyor milliy armiyamiz — xalqimiz, mamlakatimizning ishonchli va mustahkam qalqonidir. Shuning uchun biz hozirgi kunda harbiy kadrlarning jangovar qobiliyati va tayyorgarligi bilan birga vatanparvarlik tarbiyasiga jiddiy ahamiyat qaratyapmiz. Ya’ni, har bir askar va serjantda, ofitser va generalda, butun shaxsiy tarkibda milliy ruh va g‘urur kuchli bo‘lishi kerak. Milliy ruh — bu yengilmas kuch. Milliy ruh kuchli bo‘lsa, iroda, jangovar salohiyat ham yuqori bo‘ladi. Kelajakda harbiy bo‘lishni orzu qiladigan botir farzandlarimiz milliy ruhni, muqaddas Vatan taqdiri uchun mas’uliyat tuyg‘usini qayerdan oladi? Vatanimiz boy tarixidan, Amir Temur kabi buyuk ajdodlarimiz jasoratidan oladi. O‘z oilasi, mehribon ota-onasi hamda el-yurtimizning ishonchi, g‘amxo‘rligi va e’tiboridan oladi. Yoshlarga hamisha o‘rnak va namuna bo‘lib kelayotgan siz kabi chinakam fidoyi harbiylardan oladi, — dedi Prezident.

Davlat rahbari sohada qilinadigan ishlar hali ko‘pligini, harbiy-ma’muriy sektorlar ishini takomillashtirish ustuvor vazifa bo‘lib qolishini qayd etdi. Barcha bo‘g‘indagi hokimiyat va boshqaruv idoralari, mahalla, yoshlar, xotin-qizlar, nuroniylar, ta’lim-tarbiya muassasalari, keng jamoatchilik vakillari bilan amaliy hamkorlikni yanada faollashtirish zarurligini ta’kidladi.

— Milliy armiya va harbiylarimiz xalqimizga qancha yaqin, bir tanu bir jon bo‘lsa, shuncha qudratli bo‘ladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Marosimda Qurolli Kuchlar safida va davlat idoralarida ko‘p yillardan buyon munosib xizmat qilib kelayotgan harbiylar va rahbar xodimlarning bir guruhiga general unvonlari berilishi ma’lum qilindi.

— General bo‘lish har bir harbiy xizmatchining muqaddas orzusi. Sizlarni ana shunday yuksak unvonga erishganingiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Lekin shuni doim yodda tutishimiz kerakki, harbiy xizmatda va davlat boshqaruvida bundan ham yuqori martaba, bundan ham oliy unvon bor. Bu — xalqimiz, Vatanimizning ishonchiga, o‘z muqaddas burchiga doimo sodiq va munosib bo‘lishdir, – dedi davlat rahbari.

Prezident bir guruh harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirdi.

Mukofotlanganlar yuksak e’tibori, harbiylar va ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlayotgani uchun davlat rahbariga minnatdorlik bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют