» » Qozog‘istonda terrorchilik harakatiga tayyorgarlikda gumon qilinayotgan shaxslar qo‘lga olindi

Qozog‘istonda terrorchilik harakatiga tayyorgarlikda gumon qilinayotgan shaxslar qo‘lga olindi


2019-yilning 10-yanvar kuni Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilgan maxsus operatsiya chog‘ida Olmaota shahrida terrorchilikka tayyorgarlik ko‘rishda gumon qilinayotgan bir guruh chet el fuqarolari qo‘lga olindi. Bu haqda Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Kelib chiqishi Markaziy Osiyodan bo‘lgan ushbu shaxslarning vaqtinchalik yashash joyidan qidiruv tadbirlari davomida yuqori kuchlanishli portlovchi qo‘lbola moslamalari, shuningdek qurol-yarog‘ va ularning o‘q-dorilarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan tarkibiy qismlar topilgan va musodara qilingan.

Tergov talqiniga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxslar chet eldagi ISHID jangarilari ko‘rsatmasi va rahbarligi ostida harakat qilgan.

Portlovchi qurilmalardan foydalanish va undan qurolli hujum amalga oshirish Olmaota shahrida, fuqarolar ommaviy yig‘iladigan joylarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют