» » Endi o‘zbekistonliklarning iste’molchilik huquqlari Koreyada ham himoyalanadi

Endi o‘zbekistonliklarning iste’molchilik huquqlari Koreyada ham himoyalanadi


2018-yilning 13-dekabrida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va Koreya Respublikasi iste’molchilar agentligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Mazkur hujjatga muvofiq, ikki mamlakat iste’molchilarining huquqlari muhofazasi iste’molchilar huquqini himoya qiluvchi har ikkala tashkilot hamkorligi doirasida amalga oshiriladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Endilikda O‘zbekiston hududida bo‘lgan Koreya Respublikasi fuqarolari taklif, shikoyat va ariza bilan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 “ishonch telefoni”ga yoki www.istemol.uz elektron manziliga murojaat qilishlari mumkin.

Xuddi shu kabi Koreya Respublikasida ishlayotgan, ta’lim olayotgan yoki bu mamlakatga sayyoh sifatida borgan yurtdoshlar iste’molchi sifatida – u savdo yoki xizmat ko‘rsatish sohasida bo‘lishidan qat’i nazar, huquqlari buzilgan holatlarda Koreya iste’molchilar agentligining +82-43-880-5400 “ishonch telefoni”ga yoki crossborder@kca.go.kr elektron manziliga murojaat qilishlari mumkin.

Bunday amaliyot muqaddam qonunchilik darajasida ko‘rib chiqish imkoniyati bo‘lmagan, asosan ikki mamlakat sayyohlariga ko‘p miqdorda zarar yetkazishi, shuningdek mamlakatning turizm salohiyati va nufuziga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan muammolarga o‘z vaqtida yechim topishga yordam beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют