» » Xizmat vaqtida halok bo‘lgan andijonlik militsioner “Jasorat” medali bilan taqdirlandi

Xizmat vaqtida halok bo‘lgan andijonlik militsioner “Jasorat” medali bilan taqdirlandi


14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami arafasida Andijon viloyati hokimi, harbiy-ma’muriy sektor rahbari Shuhratbek Abdurahmonov o‘z xizmat vazifasini o‘tayotgan vaqtda haloq bo‘lgan, Izboskan tumani IIB jinoyat qidiruv bo‘linmasi tezkor vakili Ilhomjon Haydarov xonadoniga tashrif buyurdi. Bu haqda “Daryo”ga jurnalist Umidjon Mamarasulov xabar bermoqda.

Viloyat rahbari Ilhomjon Haydarovning ota-onasi Inomjon aka va Mohiraxon opaga hamdardligini bildirib, o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-yanvardagi Farmoni bilan vafotidan so‘ng “Jasorat” medali bilan taqdirlanganini, shunday mard va jasur farzandni voyaga yetkazganlari uchun davlat rahbari ulardan minnatdorligini yetkazdi. So‘ngra vatan uchun fidoiylik ko‘rsatgan insonlar hamisha yurt ardog‘ida bo‘lishi, ularning qahramonliklari unutilmasligi, yaqinlari davlatimizning qo‘llab-quvvatlovida ekanligini ta’kidlab, medalni o‘z egalariga topshirdi.

– O‘g‘lim bolaligidan huquq-tartibot idoralarida ishlashga qiziqardi, — deya xotirlaydi Inomjon aka. – Ta’lim olish mobaynida ham shu sohaga yaqin yo‘nalishlarini tanladi. Maktab va akademik litseyda a’lo baholarga o‘qidi. Harbiy xizmatni o‘tagach, yo‘llanma bilan qaytib kelib, Ichki ishlar vazirligi akademiyasiga o‘qishga kirdi. 2015-yilda u yerni tamomlagach Andijon tumani ichki ishlar bo‘limida mehnat faoliyatini boshladi. O‘tgan yilning yanvaridan Izboskan tumani ichki ishlar bo‘limi jinoyat qidiruv bo‘linmasi tezkor vakili sifatida ish olib borayotgan edi.

– 21-noyabr kuni ukasining tug‘ilgan kuni edi, — deb xotirlaydi onasi Mohiraxon opa Haydarova. – Birgalikda nishonlash niyatida edik. Oqshomga yaqin unga telefon qilib, “kelasanmi?”, deb so‘radim. “Harakat qilaman, lekin ishlarim ko‘p”, dedi. O‘sha kuni yarim tunga qadar kuta-kuta tug‘ilgan kunni ham o‘tkazdik. Ertasiga tongni qayg‘uli xabar bilan qarshi oldik.

Fojia 2018-yil 22-noyabr kuni soat 02:00 larda Izboskan tumani “Yuqori Chuvama” mahalla fuqarolari yig‘ini hududida yuz bergan. Shu kuni Ilhomjon Haydarov hamkasbi S. Y. bilan birga xizmat olib borayotgan vaqtida bir guruh fuqarolarning shaxsini aniqlash maqsadida to‘xtatganlarida ular tomonidan qarshilikka duch kelgan. Qonuniy talabga bo‘ysunmaganlardan biri A.J. faol qarshilik ko‘rsatib, telefon orqali ukasi S.J. va jiyani Z.Q.ni hodisa joyiga chaqirib, ular bilan birga S.Y. va Ilhom Haydarovni kaltaklaydi. Mushtlashuv oqibatida ikki xodim shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan shoshilinch tibbiy yordamga qaramasdan og‘ir jarohat olgan Ilhomjon shifoxonada vafot etgan.

Gumondorlar o‘sha paytda qo‘lga olingan. Viloyat prokuraturasi tomonidan ularga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “g”, “l”, “p” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa yuzasidan tergov va surishtiruv ishlari hali olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют