» » O‘zbekiston universitetlari xalqaro reytinglarda e’tirof etilishi mumkin

O‘zbekiston universitetlari xalqaro reytinglarda e’tirof etilishi mumkin


O‘zbekiston universitetlari jahonning nufuzli reytinglarida e’tirof etilganmi? Dunyoning yetakchi QS reyting agentligi, Niderlandiyaning Elsevier kompaniyasi ekspertlari fikricha, yaqin kelajakda bu amalga oshishi mumkin. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida 14-yanvar kuni o‘z ishini boshlagan “Universitetlar va xalqaro reyting: rivojlanish strategiyasi” mavzusidagi xalqaro konferensiyada shu haqda ma’lum qilindi, deb yozadi O‘zA.

Xalqaro maydonda jahon universitetlari reytingini belgilab beruvchi tashkilotlar faoliyat ko‘rsatadi. Ulardan biri QS World University Rankings (QS – universitetlar xalqaro reytingi) bo‘lib, mazkur reyting agentligining internetdagi veb-sahifasiga bir yilda o‘rta hisobda 65 milliondan ziyod foydalanuvchi kiradi.

O‘tgan yildan boshlab O‘zbekiston QS bilan faol hamkorlikni boshladi. Ushbu hamkorlik O‘zbekiston universitetlarini xalqaro reytinglarda e’tirof etishga tayyorlashni ko‘zda tutadi.

Anjumanda QS’ning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Zoya Zayseva ishtirokchilarni xalqaro reyting talablarini bajarish bo‘yicha kerakli ma’lumotlar bilan tanishtirdi.

Xalqaro reyting talablarini bajarishda qator omillarga e’tibor qaratish lozim. Bularning dastlabki uchtasi — xalqaro akademik hamjamiyat bilan hamkorlikni rivojlantirish, universitetlarning tanilish imkoniyatini oshirish, ish beruvchi bilan munosabatlarni rivojlantirishni o‘z ichiga olib, QS ularga oid natijalarni hisobga olib boradi. Yana bir muhim omil — bibliometriyadir. Reyting agentliklari ayni yo‘nalishda ko‘proq Scopus (Scopus — bibliografik, referatlar bo‘yicha ma’lumotlar bazasi va ilmiy maqolalardan iqtiboslar olinishini kuzatib boruvchi virtual maydon. Texnik, tibbiy va gumanitar fanlar bo‘yicha 30 mingga yaqin ilmiy nashrlarni indekslagan) bilan ishlaydi.

E’tiborlisi, 2018-yildan boshlab O‘zbekiston universitetlari mazkur tarmoqda o‘z profillarini ochib, ma’lumotlar joylab bormoqda. Bular ichida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Toshkent davlat texnika universiteti yetakchilik qilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, QS mingtalik reytingida Markaziy Osiyo davlatlari ichidan Qozog‘istonning 10 ta, Qirg‘izistonning 2 ta universiteti joy olgan. Xususan, Al-Forobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti 220-o‘rinda bo‘lib, Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti, Singapur menejment universiteti, Inha universiteti kabi yetakchi oliy ta’lim muassasalarini ortda qoldirgan.

Konferensiyada Al-Forobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti prorektori Muhambetkali Burkitboyev xalqaro reytinglar bo‘yicha Qozog‘iston erishgan tajribalar bilan o‘rtoqlashdi, Markaziy Osiyo davlatlarida faoliyat olib borayotgan aksariyat oliy ta’lim muassasalarini nega jahon tanimasligiga ham izoh berdi.

Uning fikricha, Markaziy Osiy davlatlari oliy ta’lim sohasida sobiq ittifoq davridan qolib kelayotgan an’analardan to‘liq voz kecholmayapti. “Mutaxassis tayyorlansa yetarli”, degan eski tushunchalar, fan ta’limdan ajratib qo‘yilgani, xalqaro hamkorlik borasida faol tashabbuslar yetishmasligi xalqaro reytinglardan o‘rin olishga to‘sqinlik qilmoqda.

16-yanvargacha davom etadigan anjuman doirasida xalqaro ekspertlarning Samarqand shahridagi oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan uchrashishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2019, 20:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют