» » Samarqanddagi bolalar tibbiyot markazida to‘xtatilgan yurakda operatsiya amalga oshirildi

Samarqanddagi bolalar tibbiyot markazida to‘xtatilgan yurakda operatsiya amalga oshirildi


Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan ikki nafar bemorning yuragi ilk bor ochiq turda muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Bu haqda “Zarafshon” xabar bermoqda.

— 2018-yil aprel oyida markazimizda bolalar kardioxirurgiyasi bo‘limi ochilgan edi, — deydi viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh vrachi Mamatqul Azizov. — Bo‘limga Moskvadagi Bakulev nomidagi yurak-qon tomir xirurgiyasi ilmiy markazida faoliyat ko‘rsatayotgan uch nafar yurtdoshimizni ishga taklif etdik. Shuningdek, yana uch nafar xodimimiz xorijda mazkur soha bo‘yicha o‘qib, malaka oshirib keldi. Natijada o‘tgan yil mutaxassislarimiz tomonidan viloyatimiz bo‘yicha tug‘ma yurak nuqsoni bor bemorlar ro‘yxatga olinib, ularning 82 nafarida yurakda yopiq kardiojarrohlik operatsiyalari o‘tkazildi.

Bo‘lim moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va bu yerda murakkab jarrohlik amaliyotlarini bajarish uchun zamonaviy sharoit, imkoniyatlar yaratish maqsadida Respublika sog‘liqni saqlash vazirligi va viloyat hokimligi tomonidan amaliy yordam ko‘rsatildi. Jumladan, vazirlik ko‘magida 8 turdagi tibbiy asbob-uskunalar keltirildi. Viloyat hokimligi tomonidan ajratilgan 1 milliard 900 million so‘m mablag‘ evaziga sun’iy qon aylantirish apparati olib kelib o‘rnatildi.

Mazkur yangi uskuna yordamida yurakni to‘xtatgan holda murakkab jarrohlik amaliyotlari Bakulev nomidagi yurak-qon tomir xirurgiyasi ilmiy markazida ishlab tajriba orttirgan va ayni paytda viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan tibbiyot fanlari nomzodlari Maqsud Saidov va Ikrom Mallayev rahbarligida amalga oshirildi. Bo‘lmachalararo to‘siq nuqsoni va qorinchalararo to‘siq nuqsoni bo‘lgan ikki turdagi yurak porogi operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tdi.

Yaqin kunlarda bo‘limda yana o‘n nafar bemor bolada ushbu noyob jarrohlik amaliyotini o‘tkazish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют