» » O‘zbekiston Toshkent metrosi uchun 27,7 million yevroga poyezd vagonlarini sotib oladi

O‘zbekiston Toshkent metrosi uchun 27,7 million yevroga poyezd vagonlarini sotib oladi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Rossiyaning “Metrovagonmash” AJdan Toshkent metropoliteni uchun qiymati 27,7 million yevro bo‘lgan beshta tarkib sotib olmoqchi. Bu haqda “Sputnik” xabar berdi.

15-yanvar kuni bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qarori loyihasi Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida e’lon qilingan.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” “Metrovagonmash” bilan o‘tkazgan muzokaralari natijasida to‘rt vagonli beshta tarkib sotib olishga kelishgan. Tarkib 2021-yilda qurilishi yakunlanadigan yerusti metro yo‘nalishi uchun xarid qilinadi.

Qiymati 27,7 million yevro bo‘lgan shartnomaning 22,14 million yevrosi Rossiyaning taraqqiyot va tashqi iqtisodiy faoliyat banki krediti hisobiga hamda 5,54 million yevrosi O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot Jamg‘armasi hisobiga moliyalashtiriladi.

Ayni damda Toshkent metropolitenining uzunligi 36,1 kilometrni tashkil qilib, 29 stansiyani o‘z ichiga oladi. Har kuni Toshkent metropoliteni xizmatidan 200 mingdan ortiq kishi foydalanadi. 2022-yilda kompaniya umumiy qiymati 300 million AQSh dollarni tashkil qiladigan uzunligi 2,7 kilometr bo‘lgan uchinchi yerosti hamda 7,1 kilometr bo‘lgan yerusti metro yo‘li qurilishini yakunlashni rejalashtirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют