» » Toshkentdagi 60-sonli maktabga nemis shoiri Gyote nomi berildi

Toshkentdagi 60-sonli maktabga nemis shoiri Gyote nomi berildi


Toshkent shahridagi nemis tilini chuqurlashtirgan holda o‘qitishga ixtisoslashgan 60-sonli maktabga nemis shoiri va mutafakkiri Iogann Volfgang fon Gyote nomi berildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga rasmiy tashrifi oldidan bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakili Kristofer Fuks, Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda 1677 maktabda 355 mingdan ziyod o‘quvchilar nemis tilini o‘rganmoqda. O‘rta ta’lim maktablarida uch ming nafar nemis tili o‘qituvchilari faoliyat yuritmoqda. To‘qqizta maktabda nemis tili chuqurlashtirgan holda o‘qitiladi.

Bugungi kunda O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi Gyote Institutining Toshkent filiali va Germaniyaning xorijdagi maktablari Markaziy boshqarmasi bilan “Maktablar: kelajak hamkorlari” loyihasi doirasida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida nemis tilini o‘qitishni rivojlantirish va takomillashtirish uchun hamkorlik qilmoqda.

Hozirgi kunda Gyote instituti olti maktabga nemis tilini chuqur o‘rganishda yoki ularni fan sifatida joriy etishda ko‘mak bermoqda.

Germaniyaning xorijdagi maktablari Markaziy boshqarmasi va olti umumiy o‘rta ta’lim (Toshkent shahrida 60- va 107-sonli, Samarqand shahridagi 51-sonli, Buxoro shahridagi 4-sonli va Marg‘ilon shahridagi 6-sonli va Farg‘ona shahridagi 10–sonli) maktablar o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.

O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati tashabbusi bilan Toshkent, Samarqand va Buxoro shahridagi nemis tilini chuqurlashtirgan holda o‘qitishga ixtisoslashgan umumta’lim maktablariga I.V.Gyote, Y.Shiller i V.Fon Gumbolt nomlari beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют