» » Abdulaziz Komilov yangi tayinlangan Ummon elchisini qabul qildi

Abdulaziz Komilov yangi tayinlangan Ummon elchisini qabul qildi


Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Ummon sultonligining Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Ahmad bin Said bin Umar al-Kasiriyni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ishonch yorliqlari nusxasini qabul qilib olgan vazir elchining O‘zbekiston va Ummon o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash borasidagi ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Suhbat davomida o‘tgan yilning sentyabr oyida Maskat shahrida O‘zbekiston elchixonasi ochilishi ikki davlat muloqotiga tizimlilik va o‘suvchanlik tusini berish imkonini yaratishiga ishonch bildirildi.

Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa jabhalardagi hamkorlikning istiqbollari hamda 2019-yildagi qo‘shma tadbirlarning jadvali va kun tartibi borasida fikr almashildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют