» » Abdulaziz Komilov Latviyaning O‘zbekistondagi yangi elchisini qabul qildi

Abdulaziz Komilov Latviyaning O‘zbekistondagi yangi elchisini qabul qildi


O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 25-avgust kuni Latviyaning yangi tayinlangan elchisi Mixails Popovsni qabul qildi.

TIV matbuot xizmatining xabar berishicha, elchi Popovs O‘zbekiston tashqi ishlar vaziriga o‘z ishonch yorliqlari nusxasini topshirgan.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston—Latviya kun tartibining dolzarb masalalari, aloqalarni siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda rivojlantirish hamda “O‘zbekiston—Yevropa Ittifoqi” shaklida hamkorlik qilish yuzasidan fikr almashildi.

“Muzokaralarda alohida e’tibor bo‘lajak ikki tomonlama qo‘shma tadbirlarga qaratildi”, — deyiladi vazirlik rasmiy axborotida.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (25-08-2017, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 6) ( 0) ( 4) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют