» » Abdulaziz Komilov Malayziyaning yangi tayinlangan elchisini qabul qildi

Abdulaziz Komilov Malayziyaning yangi tayinlangan elchisini qabul qildi


O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 2018-yilning 16-avgust kuni Malayziyaning Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Hendi Assan bilan uchrashdi. Bu haqda Vazorlok axborot xizmati xabar berdi.

Vazir elchining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

Suhbat chog‘ida savdo-iqtisodiy, investitsion, transport va boshqa sohalarda rivojlanish uchun ulkan salohiyatlarga ega O‘zbekiston — Malayziya munosabatlarining asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Uchrashuvda siyosiy maslahatlashuvlar, Qo‘shma savdo qo‘mitasi yig‘ilishi hamda ishbilarmon doiralarning biznes-forumini o‘tkazish muddatlari borasidagi takliflar ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv davomida ta’kidlanganidek, turizm sohasi madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirishning muhim qismi hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan elchi malayziyalik sayyohlar uchun vizasiz tartib joriy qilish bo‘yicha O‘zbekiston tomonining qarori uning mamlakatida mamnuniyat bilan qabul qilinganini qayd etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2018, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют