» » Namangan va Xorazm viloyatlari o‘rtasida bayramga bag‘ishlangan videomuloqot o‘tkazildi (foto)

Namangan va Xorazm viloyatlari o‘rtasida bayramga bag‘ishlangan videomuloqot o‘tkazildi (foto)


Namangan muhandislik-qurilish institutida Namangan va Xorazm viloyatlari o‘rtasida Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 27 yilligiga bag‘ishlangan videomuloqot tashkil etildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi mutasaddilari ma’lum qildi.

Qo‘mita, viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi va Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda Namangan va Xorazmda yigitlik burchini o‘tayotgan askarlar, ularning ota-onalari, yaqinlari, jamoatchilik vakillari, yoshlar ishtirok etdi.

— Harbiy xizmat davomida tartib-intizom, qat’iyatni o‘rgandim, – deydi Namanganda xizmat qilayotgan xorazmlik Rahim Niyozmetov. — Ota-onam, Prezident va xalqimiz bildirgan ishonchni oqlab, yurt tinchligi va chegaralar daxlsizligini saqlashga o‘z hissamni qo‘shayotganimdan xursandman.

San’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiq va raqslar tadbirga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2019, 21:29)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 112) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют