» » Samarqandda xususiy bandlik agentliklari xorijdagi korxonalar bilan muzokaralar olib bormoqda

Samarqandda xususiy bandlik agentliklari xorijdagi korxonalar bilan muzokaralar olib bormoqda


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yangi tashkil etilgan xususiy bandlik agentliklarini ro‘yxatga olish va fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish uchun litsenziya berish amaliyotini yo‘lga qo‘ydi. Ushbu tizim asosida bugungi kungacha Samarqand viloyatida 2 ta xususiy bandlik agentligiga shunday litsenziya berildi, deya xabar beradi “Zarafshon”.

— Fuqarolarni xorijda ishlashga yuborish vakolati shu paytgacha faqat Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligida bor edi, — deydi agentlikning viloyat filiali direktori Abduaziz Hafizov. — Endilikda bu amaliyot bilan litsenziyaga ega xususiy bandlik agentliklari ham shug‘ullanishi mumkin. Hozirda “Status 777” hamda “Amilee Bahora” MChJlar xususiy bandlik agentliklari litsenziyasiga ega, yana to‘rt nafar tadbirkor bu ish bilan shug‘ullanish istagini bildirib, hujjatlarini topshirgan.

Hozirda Yaponiya, Polsha, Janubiy Koreya va boshqa qator rivojlangan davlatlarda ishlash istagini bildirgan fuqarolar mazkur xususiy bandlik agentliklariga murojaat qilmoqda.

— Aholini ish bilan ta’minlashda xususiy agentliklarga katta ishonch bildirilgani ayni muddao bo‘ldi, — deydi “Status 777” MChJ direktori o‘rinbosari Habiba Mahkamova. —Shu kunlarda yaponiyalik tadbirkorlar bilan hamkorlik qilish maqsadida ushbu davlatga borishga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Shuningdek, Polshadagi bir qator sanoat, ishlab chiqarish korxonalari bilan ham muzokaralar olib boayapmiz.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют