» » Oq Uyda terrorchilik hujumi oldi olindi

Oq Uyda terrorchilik hujumi oldi olindi


Jorjiya shtati fuqarosi bugun Oq Uyni, shuningdek Vashington Monumenti va Linkoln yodgorligini portlatmoqchi edi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar berdi.

21 yoshli Xashera Jalol Taxebning hibsga olinishi haqida 16-yanvar kuni kechqurun ma’lum bo‘lgan.

Terorchi FQB ofitserlari tomonidan hibsga olingan.

FQB Jalol Taxeb haqida o‘tgan yilning martida xabar topgan edi. Shundan beri Taxebga himoyadagi yashirin agent biriktirilgan.

Oktabrda Jalol o‘zi bilmagan holda maxfiy agentga IShID hududiga hijratga borish niyati haqida aytib bergan. Ammo Taxebning pasporti bo‘lmaganligi sababli u Oq uyda va ozodlik haykalining oldida terrorchilik hujumi uyushtirishga qaror qilgan. O‘zining maqsadlarini u jihod qilish majburiyati bilan tushuntirgan.

Taxeb yashirin agentdan portlovchi modda va qurol topib berishni so‘ragan. Taxeb avtotrurgohda agent bilan mashinasini qurolga almashtirayotgan chog‘da qo‘lga olingan.

Ular ikkisi qurolni ijaraga olingan avtomobilga yuklayotganda FQB agentlarni Taxebni hibsga olgan.

Terakt bugun amalga oshirilishi kerak edi. Taxebga Atlanta federal sudida ham ayblov qo‘yilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют