» » Namangan viloyat IIB: Norindagi ommaviy mushtlashuv ishtirokchilarining barchasi qamoqqa olingan

Namangan viloyat IIB: Norindagi ommaviy mushtlashuv ishtirokchilarining barchasi qamoqqa olingan


Ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilgan Norin tumanidagi ommaviy mushtlashuv aks etgan videotasvir yuzasidan Namangan viloyat IIB matbuot xizmati “Daryo”ga izoh berdi.

Jinoyat ishi bo‘yicha to‘plangan hujjatlarga ko‘ra, 2018-yil 24-dekabr kuni soat 15:30 atrofida Norin tumanida yashovchi fuqarolar — 1994-yilda tug‘ilgan T.R., R.M., N.A., M.A. va T.I. tumanning Qo‘rg‘oncha mahallasida joylashgan “Sada” oshxonasida Norin tumanida yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan A.L. va 1985-yilda tug‘ilgan B.Sh. bilan o‘zaro janjallashib, ularning yuz, bosh va qorin qismlariga qo‘l va oyoqlari bilan urib, do‘pposlab, tan jarohatlari yetkazgan.

Mazkur holat bo‘yicha Norin tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi bo‘yicha gumon qilinuvchi T.R., R.M., N.A., M.A. va T.I.ga nisbatan JKning 277-moddasi, 3-qismi “g” bandi bilan ayblov e’lon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda Namangan viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyat IIB matbuot xizmatiga ko‘ra, sodir bo‘lgan har qanday vaziyat yuzasidan ichki ishlar organlariga kelib tushgan ma’lumot oxirigacha o‘rganiladi. Shunday vaziyatni tasvirga olib, internet tarmoqlariga joylashtirishni uddasidan chiqqan fuqarolar birinchi navbatda ichki ishlar organlari yoki hududiy profilaktika inspektoriga zudlik bilan xabar berganda, ushbu jinoyatni oldi olingan bo‘lar edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют