» » Norvegiyada terakt uyushtirish istagi haqida ma’lum qilgan 20 yoshli rossiyalik erkak qo‘lga olindi

Norvegiyada terakt uyushtirish istagi haqida ma’lum qilgan 20 yoshli rossiyalik erkak qo‘lga olindi


Norvegiyada ismi ma’lum qilinmayotgan 20 yoshli rossiyalik erkak qo‘lga olindi, u Oslo markazida ayol kishiga pichoq bilan hujum qilishda gumonlanmoqda. Ish terakt sifatida o‘rganilmoqda. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Terakt haqidagi talqinga qo‘lga olingan erkakning ko‘rsatmalari sabab bo‘lgan. Politsiyaning ma’lumotlariga ko‘ra, erkak terroristik akt uyushtirishni va bir necha kishini o‘ldirishni xohlaganini aytgan.

17-yanvar kuni rossiyalik erkak Norvegiyaga Shvetsiya orqali yetib kelgan. Shu kunning o‘zida erkak supermarketga kirgan va pichoq bilan xaridlari uchun to‘lov qilayotgan ayolning orqasiga zarba bergan. Erkak hodisaga yaqin joyda qo‘lga olingan. Jabrlangan ayol og‘ir, biroq barqaror ahvolda kasalxonaga tushgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют