» » Qachon uchuvchisiz samolyotlarda uchishimiz mumkin?

Qachon uchuvchisiz samolyotlarda uchishimiz mumkin?


Uchuvchisiz uchish texnologiyasi bir necha yil ichida tayyor bo‘lishi mumkin, biroq na yo‘lovchilar na uchuvchilar bunga tayyor emas, deyiladi Republic nashri chop etgan tahliliy materialda.

1980-yillarda uzoq parvozlar uchun kamida uchta uchuvchi va to‘rtta dvigatel kerak bo‘ladi. Bugun esa samolayotlarni ikkita uchuvchi boshqarmoqda. Bundan tashqari, hatto eng uzun parvozlarda ham (17 soatdan oshiqroq parvozda) nazorat organlari to‘rtta emas, faqat ikkita dvigateldan foydalanishga ruxsat beradi. Bundan taxmin qilish mumkinki, yaqin kunlarda “havo lochinlari” faqat bitta uchuvchi bilan samoga ko‘tarilishadi. Bundan tashqari, tijorat laynerlarining uchuvchi kabinasida hech kim bo‘lmaganda ham havoga ko‘tarilish kunlariga ham yaqin qoldi.

Bir vaqtning o‘zida bir nechta kompaniyalar — Boeing va Airbus aerokosmik gigant kompaniyalardan kichik startaplargacha muhim masalani yechish ustida bosh qotirishmoqda: aviatsiyaning keyingi avlodida uchuvchilar asosiy omil hisoblanmasdan, samolyotlarda ularsiz ma’lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yish va insoniyatni qanday qilib bunday parvozlarga tayyorlash borasida izlanishlar olib borishmoqda. Eng asosiysi esa uchuvchisiz parvozlarda yuqori darajadagi xavfsizlikni ta’minlash muammolarini yechish uchun bosh qotirmoqda.

Hozirgi kungacha nimaga erishildi?

Aviaparvozlar uzoq vaqtdan beri eng xavfsiz transport turi hisoblanadi. Masalan, Amerika aviakompaniyalarida 2009-yildan 2018-yilning apreliga qadar hech qanday halokat qayd etilmagan. Shu vaqtga qadar 100 million parvoz amalga oshirilgan. Aslida zamonaviy samolyotlar hozirda shu qadar avtomatlashtirilgan tizimda ishlab chiqilganki, layner avtopilot rejimida parvoz qilayotganda uchuvchilar ko‘proq vaqtlarini asbob-uskunalarni nazorat qilishga ajratadi.

Dunyodagi eng yirik aviakompaniya American Airlines o‘z uchuvchilaridan uchish va qo‘nishda kuniga kamida 60 marta avtopilot yordamidan foydalanishni talab etadi. Samolyot barcha tezlik va balandlik chegaralariga rioya etgan holda uchuvchi tomonidan boshqaruv tizimiga dasturlashtirilgan trayektoriya asosida uchadi. Xuddi shunday qo‘nish paytida ham samolyot yerga sekin-astalik bilan tezlikni pasaytirib yo‘naltiriladi.

Odatda avtopilotdan samoda ko‘rish chegaralangan sharoitda va ob-havo yomon bo‘lganda foydalaniladi. Yo‘lovchi sifatida siz samolyotning qachon o‘zi qo‘nganini ham bilmaysiz, chunki uchuvchilar buni kamdan-kam holatlarda e’lon qiladi. Ikkita uchuvchi tomonidan nazorat qilinadigan tizim aviakompaniyalarga parvozlarning qat’iy grafigiga rioya qilishlariga yordam beradi. Bu esa yo‘lovchilarning manzillariga o‘z vaqtida yetib borishlariga, parvozlarning kechikishi yoki bekor bo‘lishini aniqlashlariga yordam beradi, aviyatsiya iqtisodida esa xarajatlar miqdori ham kamayadi.

G‘oyalar

Bitta uchuvchili samolyotlar “bu u qadar qiyin emas, xavfli ham emas”, — deydi M2C Aerospace kompaniyasi vitse-prezidenti Elpert Xoj. Ushbu startap parvoz chog‘ida barcha vazifalarni bitta uchuvchi uddalashi mumkin bo‘lgan tizimni ishlab chiqmoqda. Kompaniya bir o‘q bilan ikki quyonni urish orqali aviakompaniyalar ishini yengillatishni rejalashtirmoqda. Bu aviaparvoz xarajatlarini kamaytirish, shuningdek, malakali uchuvchilar yetishmasligi muammosini yechishga yordam beradi.

M2C Aerospace shtab-kvartirasi Massachusetsda joylashgan. Xoj ishlab chiqilgan tizim yaqin ikki yil ichida Federal aviatsiya boshqarmasi sinovidan muvaffaqiyatli o‘tishiga ishonadi. Bugungi kunda kompaniya tizimni ishlab chiqish uchun 15 million dollar miqdorida investitsiya ajratgan. Xojning rejasiga ko‘ra, ushbu tizim birinchi ikki yil ichida qariyb 55 million dollar daromad keltiradi.

Biroq ko‘pchilik aviakompaniyalar, shuningdek, yo‘lovchilar ham bitta uchuvchi bilan parvoz qilishga hali ruhan tayyor emas. American Airlines kompaniyasining ijrochi direktori Dag Parkerning ta’kidlashicha, kompaniya laynerlarning avtomatlashgan tizimda ishlashini hali yo‘lga qo‘yish niyatida emas, chunki uchuvchilar bortda yo‘lovchilar uchun qulaylik va xavfsizlik yaratish uchun zarur.

Biroq Uoll-strit tahlilchilari uchuvchilarsiz parvozlarning qancha daromad keltirishini alloqachon hisob-kitob qilgan. UBS Group AG bankining ma’lumotlariga ko‘ra (2018), “aviakompaniyalar 2013-yildan boshlab bitta uchuvchi bilan uzoq parvozlarni amalga oshirishi mumkin”. Xabarda aytilishicha, bitta uchuvchi bilan uchish aviakompaniyalarga 15 milliard dollargacha, to‘liq avtomatlashtirilgan tizimga o‘tish esa 35 milliard dollargacha xarajatlarni tejash imkonini beradi. Aviatsiya sanoati bunga tayyor, so‘nggi yillarda kompaniya ushbu innovatsiyani keng joriy etmoqda. Yo‘lovchilarning fikriga to‘xtaladigan bo‘lsak, bank tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada 63 foiz respondent avtomatlashgan parvozga qarshi ekanini bildirdi. Yana bir tadqiqotda 52 foiz yo‘lovchi bortda ikkinchi uchuvchi bo‘lmasligiga hali tayyor emasligini bildirgan.

Sun’iy ong aviatsiyadagi o‘zgarishlarning muhim tarkibiy qismi bo‘ladi. Ushbu texnologiya sanoatning asosiy sohalariga bosqichma-bosqich joriy qilinib boriladi va sekin-astalik bilan avtomobillarga, elektronika va zavodlarga ham targ‘ib qilina boshlanadi. “Yaqin yillarda avtomatlashgan parvozlar uchun hech qanday muammolar bo‘lmaydi”, — deya ishonch bilan ta’kidlaydi Xoj. Faqat uning xavfsizligini kishilarga ko‘rsatib bersak bas, ular bajonidil bunday reyslarda uchish uchun chipta xarid qiladi. Bundan tashqari, UBS doirasida yana bir so‘rov o‘tkazildi. Unda salohiyatli mijozlardan bitta uchuvchili samolyotda parvoz qilish uchun chipta sotib olishi mumkinligi so‘raldi. Mijozlarning yarmidan ko‘pi rozi ekanligini bildirgan.

Tanqid

Uchuvchilarni qisqartirish bilan tajribasi bilan AQSh hukumati ham qiziqqan. Masalan, vakillar palatasi versiyasida “bitta uchuvchi bilan boshqariladigan yuk samolyotlarini qo‘llab-quvvatlash tadqiqot dasturi” haqidagi band mavjud. Loyihani Federal aviatsiya boshqaruvi ham qo‘llab-quvvatlagan. Shunga qaramay, qonun loyihasining yakuniy variantida bu tadbir kiritilmadi.

Ushbu loyihaga FedEx va United Parcel Service’ni aks ettiruvchi yuk aviatashuvchi uyushmasi qarshi bo‘ldi. 30 ming uchuvchisi bo‘lgan uchuvchilar uyushmalari koalitsiyasi prezidenti Li Kollins “ikkita uchuvchisiz parvoz bu halokatdan darak beradi” deb ta’kidlaydi. Texnologiya hali vaqt sinovidan o‘tmagan va xavfsizlikning yuqori darajasini ta’minlay olmaydi deb hisoblaydi u. Uning bu fikrlarini AQShning havo yo‘llari yirik uchuvchilar uyushmasi prezidenti Tim Kannoll “Bitta uchuvchi yoki avtomatlashgan tizimda parvoz qilish amerikaliklar uchun emas” deya qo‘llab-quvvatlaydi.

Uchuvchilar havo yo‘llarida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan har qanday vaziyatda faqatgina insonlar yechim topa olishini ta’kidlaydi. Bunda ularning o‘z ishlarini yo‘qotmaslik uchun kurashayotganlarini tushunish mumkin. Nima bo‘lganda ham ularning fikrlarida ham jon bor. Misol tariqasida 2018-yilning aprel oyida Dallasda Southwest Airlines samolyoti bortida ro‘y bergan voqeani keltirish mumkin. Dvigatelning portlashi oqibatida teshik hosil bo‘ldi va natijada yo‘lovchilardan biri shu teshikdan tushib ketdi. Uchuvchi Filadelfiyaga qo‘nishga muvaffaq bo‘ldi, biroq yo‘lovchini qutqarib qolishning iloji bo‘lmadi. Sun’iy ong bunday shoshilinch vaziyatlardan chiqib ketishni uddalay olmagan bo‘lardi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-01-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют