» » Human xususiy bandlik agentligi Chexiya Respublikasidagi bo‘sh ish o‘rinlari uchun nomzodlarni qabul qiladi

Human xususiy bandlik agentligi Chexiya Respublikasidagi bo‘sh ish o‘rinlari uchun nomzodlarni qabul qiladi


Avval xabar qilganimizdek, Human xususiy bandlik agentligi ayni paytda xorij safarida bo‘lib turibdi. Delegatsiya 15-yanvar kuni Chexiya respublikasining Praga shahrida bo‘lib, bir nechta korxonalar bilan muzokaralar olib bordi.

Safar davomida Chexiyaning Almax Work Holding korxonasi bilan hamkorlikda “Panasonic” kompaniyasini Plzen shahridagi yig‘uv liniyasi, “Daikin” korxonasining Plzen shahridagi yig‘uv liniyalarida ishchi xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari bilan tanishdi.

Shuningdek, ishchilarning xavfsiz va qulay sharoitda mehnat qilishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar, xorijdan jalb qilingan xodimlar uchun ajratilgan turar joy binosidagi shart-sharoitlar, tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish tuzilmasi, ish vaqtida taqdim etiladigan oziq-ovqat mahsulotlari sifati va miqdori bilan yaqindan tanishdi.

Hamkor tomonlar ishga joylashish istagida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga malaka, yosh va salomatligiga doir qo‘yiladigan talablarni muhokama qilishdi. Muzokaralar yakuniga ko‘ra, Human xususiy bandlik agentligi hamda Almax Work Holding korxonalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Ushbu shartnomaga muvofiq, Almax Work Holding korxonasi 2019-yil davomida O‘zbekiston Respublikasidan ishlash istagida bo‘lgan 1000 nafar fuqaroni “Panasonic” va “Daikin” kompaniyalarining yig‘uv liniyalarida ish bilan ta’minlash, ularning ijtimoiy-mehnat huquqlarini to‘liq kafolatlash va o‘z navbatida Human xususiy bandlik agentligi kelishuvga ko‘ra, ishchi xodimlarni belgilangan muddatlarda Chexiya Respublika qonuniy va kafolatlangan asoslarda yetib borishlarini ta’minlash majburiyatini oladi.

Ma’lumot uchun aytish kerakki, Almax Work Holding kompaniyasi Yevropa mehnat bozorining professional ishtirokchisi sifatida 2012-yildan beri faoliyat olib boradi va bugungi kunda 10 ga yaqin vakolatxona hamda 40 dan ortiq doimiy hamkorlarga ega.

Qabul shartlari va muddatlari haqidagi ma’lumotlar bilan ommaviy axborot vositalari va Human xususiy bandlik agentligining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalari orqali boxabar bo‘lib borishingiz mumkin.

“Human” xususiy bandligi agentligi bosh ofisi manzili: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi.

Mo‘ljal: Xalqaro aeroport

Telefon: +998 95 198 92 90

Telegram

Facebook

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2019, 18:14)
0 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют