» » Andijonda o‘zbek-hind qo‘shma urug‘chilik klasteri tashkil etiladi

Andijonda o‘zbek-hind qo‘shma urug‘chilik klasteri tashkil etiladi


Innovatsion rivojlanish va Qishloq xo‘jaligi vazirliklari Hindistonning Maxarashtra shtatidagi gibrid va genetik modifikatsiyalangan urug‘larini ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotish bilan shug‘ullanuvchi Nath Bio-Gens kompaniyasi bilan Andijonda o‘zbek-hind qo‘shma urug‘chilik klasterini tashkil etishga kelishdi. Bu haqda “Daryo”ga Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Saidkomol Xodjayev hamda Nath Bio-Gens kompaniyasi rahbari Satish Kaxlivaz imzolagan hujjatga asosan, O‘zbekistonda urug‘ yetishtirish uchun yer maydoni ajratilib, davlat-xususiy sherikchilik asosida urug‘chilik klasteri o‘z faoliyatini boshlaydi. Bunda urug‘larni ko‘paytirish va tayyorlash uchun hindistonlik mutaxassislarga mahalliy ekin navlarining murtak plazmalari va O‘zbekistonda yaratilgan ekin navlari bilan ishlash imkoniyati beriladi.

Nath Bio-Gens kompaniyasi urug‘ yetishtirishdan to ularni sotishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni o‘z ichiga oluvchi zamonaviy tizimni yaratish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritadi, shuningdek, urug‘larni yangi navlarini taqdim etadi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida urug‘larni tijoratlashtirish mexanizmlari bo‘yicha amaliy maslahatlari bilan sohani rivojlantirishga hissa qo‘shadi.

Hindistondan O‘zbekistonga paxta, bug‘doy, pomidor, kartoshka, yeryong‘oq, loviya va sabzavot ekinlari bo‘yicha urug‘chilik sohasidagi yangi innovatsiyalar olib kiriladi, bu yo‘nalishdagi tijoratlashirish ishlari ham birgalikda amalga oshiriladi.

Yaqin kunlarda hind mutaxassislari O‘zbekistonga kelib, urug‘chilik sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganib, baho beradi, hamkorlikka doir masalalar esa yanada batafsil muhokama etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют