» » Xitoyda shifokorlar ikki soat davomida bemorning yuragini urib ketishi uchun harakat qildi

Xitoyda shifokorlar ikki soat davomida bemorning yuragini urib ketishi uchun harakat qildi


Xitoyda shifokorlar o‘lim yoqasidagi bemorni hayotga qaytarish uchun ikki yarim soat davomida bilvosita yuragini uqalagan, deya xabar beradi Daily Mail.

Voqea 2-yanvar kuni Xitoyning Lyaonin provinsiyasidagi an’anaviy Xitoy tibbiyot universiteti shifoxonasida bo‘lib o‘tgan.

20 nafar shifokor yurak-o‘pka reanimatsiyasini navbatma-navbat doimiy ravishda o‘tkazgan.

Jang ismli bemor 150 daqiqa klinik o‘lim holatida bo‘lgan. Ushbu vaqt davomida uning yuragiga jami 15 ming marta uqalash bosimi o‘tkazilgan.

Odatda Xitoy shifoxonalarida jonlantirish uchun standart 50 daqiqadan ko‘p vaqt ajratilmaydi. Shifokorlar bilvosita yurakni uqalash jarayonida tibbiy uskunalar zaif yurak faoliyatini qayd etgani bois Jangni hayotga qaytarishga qaror qilgan.

Bemorning oila a’zolari allaqachon dafn marosimiga tayyorgarlik ko‘ra boshlagan edi.

Bemorni jonlantirish u kasalxonaga tushgan zahoti boshlangan. Shifokorlar bemorni jonlantirishga olib borish jarayonida ham galma-galdan 100 dan 120 gacha uqalash bosimini o‘tkazgan.

Amalga oshirilgan sayo-harakatlar natijasida shifokorlar g‘olib bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют