» » Samarqandlik imomlar maktablarda diniy-ma’rifiy suhbatlar o‘tkazmoqda

Samarqandlik imomlar maktablarda diniy-ma’rifiy suhbatlar o‘tkazmoqda


Samarqand viloyatida diniy soha xodimlari uchun “Dushanba – ta’lim muassasalari bilan ishlash kuni” deb belgilangan. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar bermoqda.

Joriy yilning 21-yanvar kuni viloyatning Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Urgut, Payariq, Ishtixon, Jomboy tumanlarida ham shu kunlarda maktab o‘quvchilari bilan “Islomning ilm olishning fazilatlari”, Internet tarmog‘idagi tahdidlar, “Islomda vaqtning qadri”, “Tinchlik — ulug‘ nemat” kabi mavzularda suhbatlar o‘tkazildi.

Ushbu uchrashuvlardan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchi yoshlarga musaffo islomni yetkazish, dunyodagi yagona najot ilm-u ma’rifatning insoniyatga zarurati, yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, “ommaviy madaniyat” ko‘rinishidagi milliy o‘zligimiz, turmush va hayot tarzimizga mutlaqo zid bo‘lgan kiyinish va xulq-atvor ko‘rinishlaridan qaytarish, yoshlarga qaratilgan turli tahdidlar, diniy aqidaparastlikka yo‘naltirilgan ta’limotlaridan ogoh etishdir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 117) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют