» » Menni Pakyao Floyd Meyvezerni jangga chorladi

Menni Pakyao Floyd Meyvezerni jangga chorladi


Boks bo‘yicha WBA Regular chempioni Menni Pakyao Adriyan Broner bilan bo‘lib o‘tgan jangi haqida fikr bildirdi, shuningdek, Floyd Meyvezerga qarshi yangi jangga tayyor ekanligini aytdi, deb xabar beradi ESPN.

“Juda baxtliman. Jangda ham, jangdan oldingi mashg‘ulotlarda ham eng yaxshi natijamni ko‘rsatdim. Xudoga shukr, g‘alaba qozondim. Xudo meni juda yaxshi sog‘liq bilan siyladi. Hattoki 40 yoshimda ham butun kuchimni ko‘rsatishim mumkin. Men tajovuzkorona jang qilishim mumkin edi, ammo jamoam rejani bajarishimni va kutish taktikasida ishlashimni talab qildi. Men bosimni kuchaytirishni xohladim, lekin murabbiy ehtiyotkorlik bilan jang qilishimni aytdi.

Kuchliligimni Matissga qarshi jangning boshida va Broner bilan kechgan to‘qnashuvda isbotladim. Menni Pakyaoning sayohati davom etadi!

Meyvezerga ayting, u ringga qaytsin. Biz jang qilamiz. Agar u boksga qaytsa, men u bilan yana bir bor jang qilishga tayyorman” — dedi Pakyao.

Pakyao Bronerni ochkolar hisobiga taslim qildi.

Eslatib o‘tamiz, 2015-yili filippinlik bokschi Floyd Meyvezerga ochkolar bo‘yicha yutqazgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют