» » O‘zbekistonda razvedkachilarni tayyorlaydigan oliygoh tashkil etildi

O‘zbekistonda razvedkachilarni tayyorlaydigan oliygoh tashkil etildi


O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi qaroriga asosan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa sohasida yuqori malakali ofitser kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, bu sohada harbiy-ilmiy tadqiqotlarni tashkillashtirish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakulteti Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti etib qayta tashkil etildi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

O‘zbekistondagi ushbu harbiy institut Mudofaa vazirligining davlat oliy harbiy ta’lim muassasasi bo‘lib, u oltita yo‘nalish bo‘yicha taktik bo‘g‘indagi ofitser kadrlarni ikki yillik tayyorlashni amalga oshiradi.

Bular aloqa qo‘shinlari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi; maxsus aloqa va davlat sirlarini muhofaza qilish taktik qo‘mondonlik-muhandisligi; axborot tizimlari va texnologiyalari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi; radioelektron razvedka va kurash taktik qo‘mondonlik-muhandisligi; havo hujumidan mudofaa radiotexnika qo‘shinlari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi; havo hujumidan mudofaa zenith-raketa qo‘shinlari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi.

Shuningdek, yangi tashkil etilgan harbiy institut Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti maxsus fakultetining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnoma bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют