» » “Yandeks.Tirbandliklar” Toshkent ko’chalarini 10 balllik tizim bo’yicha baholay boshladi

“Yandeks.Tirbandliklar” Toshkent ko’chalarini 10 balllik tizim bo’yicha baholay boshladi


Toshkentda “Yandex.Tirbandliklar” svetofori ishga tushirildi. Bu haqda Spot xabar berdi.

Saytning bosh sahifasida, “Navigator” va “Yandeks.Kartalar”da yo’llarning umumiy holatini aks ettiruvchi svetofor paydo bo’ldi. 0 dan 3 ballgacha — yo’llar ochiq (harakatlanish erkin), 4-6 — harakat qiyin, 7-10 — jiddiy tirbandliklarni anglatadi. Svetofordagi ma’lumotlarga qarab avtomobilda harakatlanish kerak yoki yo’qligini bilib olish mumkin.

Ko’chalarda tirbandliklar qay darajada ekanligini baholash uchun “Yandeks” turli manbalar ma’lumotlaridan foydalanadi. Ommalashtirilgan va umumlashtirilgan ma’lumotlar “Yandeks.Kartalar”, “Yandeks.Navigator” va hamkor kompaniyalar avtomobillaridan olinadi. Ma’lumotlar faqat avtomobilning joylashuvi, yo’nalishi va tezligini ko’rsatadi. Tizim avtomobilning tezligidan kelib chiqib tirbandlikda turgani yoki odatdagiday ketayotganini anglaydi.

Yo’l tirbandligini aniqlash tizimi ishga tushirilishi bilan “Yandeks” Toshkent ko’chalarida vaziyat qanday o’zgarganini aniqladi.

Ish kunlari shahardagi tirbandliklar soat 7:30 dan keyin o’sib boradi va ertalab to’qqiz atrofida avjiga chiqadi. Kechki tirbandlik soat 17:30 dan keyin bo’ladi. Haydovchilar uchun eng og’ir vaqt 18:20 dan 19:10 gacha, tirbandlik 7 ballgacha yetadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют