» » Jamol Qoshiqchining o‘limi bo‘yicha xalqaro tekushiruvga BMT vakili boshchilik qiladi

Jamol Qoshiqchining o‘limi bo‘yicha xalqaro tekushiruvga BMT vakili boshchilik qiladi


BMTning sud qarorlari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Agne Kallamar kelasi haftada Saudiya jurnalisti Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi bo‘yicha mustaqil xalqaro tekshiruvga boshchilik qilish uchun Turkiyaga keladi, deya xabar beradi “Kommersant”.

BMT vakilining tashrifi 28-yanvardan 3-fevralga qadar davom etadi.

Kallamar xonim jinoyat holatini, shuningdek, “qotillik uchun mamlakatlar va shaxslarning javobgarlik darajasini o‘rganishni rejalashtirmoqda.

“Mening xulosalarim va tavsiyalarim 2019-yilning iyun oyida Inson huquqlari bo‘yicha kengashga yetkaziladi”, — deydi u.

Saudiya Arabistoni muxbiri Jamol Qoshiqchi 2018-yilning 2-oktabr kuni Saudiya Arabistoni Bosh konsulxonasi hududida o‘ldirilgan.

Turk matbuotining yozishicha, jurnalist qiynoqqa solingan va boshi tanasidan judo qilingan.

Saudiya Arabistoni Bosh prokuraturasi qotillikda besh nafar gumonlanuvchining o‘limini talab qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 122) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют