» » Lyubinko Drulovich: “Umid qilamanki, oldimizga qo‘ygan vazifamizni uddalaymiz”

Lyubinko Drulovich: “Umid qilamanki, oldimizga qo‘ygan vazifamizni uddalaymiz”


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

“Avvalambor, barchaga salom. Bir oy avval O‘zbekistonga tashrif buyurib, O‘FAning loyihasi bilan tanishgandim. Bu loyiha menda yaxshi taassurot qoldirgani sababli O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini boshqarishga rozilik berdim. Umid qilamanki, biz oldimizga qo‘ygan vazifamizni uddalaymiz.

O‘zbekiston U23 terma jamoasining Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyatidan xabarim bor. Sizlarda kuchli futbolchilar ko‘p. Ana shu futbolchilar yordamida Olimpiada musobaqasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishimizga ishonaman. Biz kuchli jamoani shakllantirishga harakat qilamiz.

Olimpiada yo‘llanma beradigan Osiyo chempionatiga saralash bosqichiga ikki oycha muddat bor. Saralash bosqichi Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Birinchi navbatda, bor e’tiborimizni mana shu saralash bosqichiga qaratamiz. Bu musobaqada muvaffaqiyatli qatnashib, Osiyo chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishimiz kerak. Keyin Osiyo chempionatiga tayyorgarlikni boshlaymiz

Menga ikki nafar serbiyalik mutaxassis va o‘zbekistonlik Ravshan Haydarov yordam beradi. Serbiyalik yordamchilarim rus tilini yaxshi bilishadi. Bu esa futbolchilar bilan muloqot qilishda qulaylik yuzaga keltiradi. Ravshan Haydarov bilan esa avvalgi safar O‘zbekistonga kelganimda uchrashganman. U kuchli mutaxassis va mahalliy futbolchilarni yaxshi biladi. O‘ylaymanki, birgalikda o‘z maqsadimizga yetamiz.

Saralashga ikki oycha muddat bor. Mening fikrimcha, bu saralashga tayyorgarlik ko‘rish uchun yetarli muddat. Biz tarkibni aniqlab olamiz, keyin ular bilan taktik mashg‘ulotlar o‘tkazamiz. Hozirda Olimpiya terma jamoasi Turkiyada mashg‘ulotlar olib bormoqda. Futbolchilarning jismoniy holati yaxshi. Fevral oyida ikki haftalik yig‘in o‘tkazamiz. Bir qator nazorat uchrashuvlari ham rejalashtirilgan.

Bizda Osiyo chempionati saralashidagi raqiblarimiz haqida yetarlicha ma’lumot bor. Ularning so‘nggi o‘yinlarini yana bir bor tahlil qilib chiqamiz. Keyin shundan kelib chiqib ularga qarshi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘ramiz. O‘ylashimcha, bu bo‘yicha bizda muammo bo‘lmaydi”, — deydi Drulovich.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют