» » Rossiya bojxona xizmati O‘zbekistonda vakolatxona ochishni rejalashtirmoqda

Rossiya bojxona xizmati O‘zbekistonda vakolatxona ochishni rejalashtirmoqda


Rossiya Federal bojxona xizmati O‘zbekistonda vakolatxona ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Federal bojxona xizmati matbuot xizmatiga tayanib, Sputnik xabar berdi.

Vakolatxona ochilishining aniq sanalari haqida aytilmayapti. Birinchi navbatda tomonlar vakillar ish faoliyati uchun normativ-huquqiy hujjatlar bazasini shakllashtirish zarur bo‘ladi. Birinchi bosqichda to‘liq vakolatxona ochmasdan, Federal bojxona xizmati vakillarini O‘zbekistonga jo‘natish rejalashtirilmoqda. Parallel ravishda o‘zbekistonlik bojxonachilar bilan vakolatxona ochish bo‘yicha bitim loyihasini bo‘yicha ish olib boriladi.

Ta’kidlanishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin farmoyishiga asosan Federal bojxona xizmatining mutaxassislari shu yilning o‘zida O‘zbekistonga yuborilishi mumkin.

Vakolatxonani ochish bo‘yicha bitim loyihasini tayyorlash uchun 2—3 yil ketishi mumkin.

Avvalroq Rossiya Federal bojxona xizmati raisining birinchi o‘rinbosari Ruslan Davidov matbuot anjumanda dunyoning 20 ta mamlakatda vakolatxona mavjudligi va kelgusida uchta davlatda, xususan Niderlandiya, O‘zbekiston va Ozarbayjonda ochishni rejalashtirilganligini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2019, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют