» » Samarqandda keksa ayolning boshiga chelak kiydirib, musht tushirgan yigitlarga sud hukmi o‘qildi

Samarqandda keksa ayolning boshiga chelak kiydirib, musht tushirgan yigitlarga sud hukmi o‘qildi


2018-yilning noyabr-dekabr oylarida ijtimoiy tarmoqlarda bir to‘da yigitlarning keksa ayolning boshiga chelak kiydirib, musht urib yiqitgani tasvirlangan videolavha tarqalib, muhokamalar, bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan, deb yozadi “Kun.uz”.

Ushbu voqea aslida 2018-yil may oyida, Samarqand shahrining Siyob bozori yaqinidagi “Shodiyona” savdo majmuasida yuz bergan bo‘lib, sotuvchilar — 1997-yilda tug‘ilgan Shirinbek Abdurahmonov, 1993-yilda tug‘ilgan Anvar Mardonov va 2000-yilda tug‘ilgan Doniyor Bahriddinov shu majmuada tilanchilik qilib kun kechiruvchi, 1961-yilda tug‘ilgan Halima Bo‘riyevani mazax qilish maqsadida bu ishni amalga oshirishgan.

Hozirda shaxsi aniqlanayotgan Rahmatjon ismli yigit chelakni ayolning boshiga kiygizgan, Shirinbek Abdurahmonov esa unga musht tushirib yiqitgan. Yigitlardan biri — Doniyor Bahriddinov esa buni telefonga tasvirga olib, keyinchalik internet orqali tarqatgan. Bu ishni amalga oshirgan zo‘ravonlarga nisbatan jinoyat ishi ochilgan, prokuratura nazorati o‘rnatilgan edi.

Kuni kecha Samarqand shahrida mazkur ish yuzasidan sayyor sud bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi sudyasi Zarifa Ahmedova bergan ma’lumotlarga ko‘ra, sayyor sud majlisi ochiq tartibda o‘tkazilgan. Sud jarayonida Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b”, “d” bandlari bo‘yicha ayblangan Shirinbek Abdurahmonovga Yoshlar ittifoqi tomonidan berilgan kafillik xati, “Bog‘imaydon” mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan berilgan kafolat xati, jabrlanuvchining da’vosi yo‘qligi, ayblanuvchining qilgan ishidan pushaymonligi inobatga olinib, shu modda sanksiyasida nazarda tutilgan ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Lavhada sudlanuvchi Shirinbek Abdurahmonov bu ishidan pushaymonligini bildirib, kechirim so‘ragan. Uning onasi Nargiza Roziqova ham omma oldida o‘g‘lining ishi uchun kechirim so‘rab, farzandining 2 oy 13 kun davomida hibsda o‘tirib, va nihoyat sud tomonidan ozod qilingani tufayli minnatdorchilik bildirgan.

Voqeaning boshqa ishtirokchilariga nisbatan qanday jazo belgilangani to‘g‘risida hozircha ma’lumot berilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2019, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 90) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют