» » Qozog‘istonliklar: “Qozog‘istonning nomini o‘zgartirish o‘taketgan ahmoqlik”

Qozog‘istonliklar: “Qozog‘istonning nomini o‘zgartirish o‘taketgan ahmoqlik”


Yaqindagina Qozog‘istonning “Ak jol” fraksiyasi deputatlari Qozog‘iston nomini Qozoq Respublikasiga o‘zgartirish tashabbusi bilan chiqishgan edi. Bu tashabbusga nisbatan Olmaotada xalqning fikri o‘rganildi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.

Deyarli barcha respondentlar mamlakat nomini o‘zgartirishda hech qanday ma’no yo‘q deb topishgan.

“Men gid-tarjimon bo‘lib ishlayman. Sayyohlar bilan ishlaganimda, ularga doim bizning mamlakat ‘The Republic of Kazakhstan’ deb atalishini aytaman. Ya’ni bu kimning respublikasi ekani shundoq ham ma’lum. Uning nomini o‘zgartirishning nima keragi bor? Qozog‘iston – eng maqbul nom,” — deydi olmaotalik Jamila.

Ko‘pgina respondentlar mamlakatning nomini o‘zgartirishni sira o‘ylab ko‘rmaganligini aytgan. “Mamlakatni qanday atagan bo‘lardingiz?” degan savolga “Qozog‘istonligicha qoldirardim,” deya javob bergan.

Arujan va Moldir ismli ikki qozog‘istonlik qiz ham davlat nomini o‘zgartirishga salbiy munosabat bildirgan.

“Menimcha, bu o‘taketgan ahmoqlik. Qozog‘istonning nimasi yomon? O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon va shunga o‘xshash davlatlar bor.  Nega endi Qozog‘istonning nomini o‘zgartirishimiz kerak? Men bunday qilmagan bolardim. Bu masalani referendumga qoyish kerak. Xop, mayli ko‘chani nomini o‘zgartirsa bo‘lar. Lekin bu yerda gap butun mamlakat nomi haqida ketyapti,” — deydi Gabit ismli kishi.

Biroq, mamlakatni qayta nomlashga neytral javob berganlar ham topilgan. “Mening fikrimcha, agar yurtingizni sevsangiz, uni qanday atalishini sizga nima ahamiyati bor?” – deydi Aydos ismli fuqaro.

Respondentlardan faqat bitta odam mamlakatni qayta nomlashga rozi ekanini aytgan. Ammo Qozoq Respublikasi emas, boshqa nom qo‘yilishi kerakligini qo‘shib qo‘ygan.

“Menimcha, Qozoq eli qilib o‘zgartirishimiz kerak. Men drama teatrida ishlayman. Yaqinda biz Abulhayrxon haqida spektakl qo‘ydik. U yerda biz Qozog‘istonni Qozoq eli deb atadik.”

“Menimcha, shart emas. Nega kerak bu o‘zi? Qozog‘istonning o‘zi yaxshi jaranglaydi,” – deydi Seitkari.

Eslatib o‘tamiz, “Ak jol” fraksiyasi rahbari Azat Peruashev Qozog‘iston nomini Qozoq Respublikasi etib qayta nomlash tashabbusi bilan bosh vazir Bagitjan Sagintayevga murojaat qilgan edi.

Mavzuga doir:  Deputat Qozog‘istonning nomini o‘zgartirishni taklif qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 89) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют