» » Orol dengizining qurigan tubidan chuchuk suv topildi (video)

Orol dengizining qurigan tubidan chuchuk suv topildi (video)


Mo‘ynoqdan 200, Nukusdan 400 kilometr olisda, Vozrojdeniye orolining Shag‘ala deb nomlanuvchi joyida, ya’ni Orol dengizining qurigan tubidan chuchuk suv topildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

26-yanvar kuni suv ko‘zining topilishi munosabati bilan tantanali marosim o‘tkazildi. Unga qator vazirlik va idoralar rahbarlari, mo‘ynoqliklar hamda Orolning qurigan tubida mehnat qilayotgan hasharchilar qatnashdi.

Ushbu chuchuk suv Janubiy Orololdi artezian basseynining Bor davri yotqiziqlaridan, ya’ni 260-280 metr teranlikdan topildi. Suv sarfi sekundiga 7 litrni tashkil qilayotgan bu suvning minerallashuvi 3 gramm, qattiqligi 6 milligramm ekvivalentga teng.

—Janubiy Orololdi artezian basseyni yer osti suvlari Chimboy, Taxtako‘pir, Qorao‘zak tumanlari hududlarini qamrab oladi. Foydalanishga yaroqli bunday suv ko‘zlari ushbu tumanlarda ham topilgan, — deydi Orolbo‘yi dala gidrogeologik ekspeditsiyasi boshlig‘i Shavkat Olimov. — Janubiy Orololdi artezian basseyni yer osti suvlarini maxsus uskunalar yordamida chuchuklashtirib, ichimlik suvi sifatida foydalansa ham bo‘ladi. Hozirgi kunda Chimboy, Qorao‘zak, Taxtako‘pir tumanlarida shunday uskunalar yordamida aholi suvni iste’mol qilib kelmoqda.

4-5 ta yarusdan tashkil topgan Bor davri yotqiziqlarining pastki qatlamlaridagi janubiy Orololdi artezian basseyni yer osti suvlari termal va minerallashgan bo‘lib, shifobaxsh xususiyat kasb etadi. Bu kabi 47-50 gradus issiqlikdagi suvlar Qozoqdaryo, Qorao‘zak, Chimboy hududlarida mavjud.

— Chuchuk suv ko‘zlarining ochilishi Mo‘ynoqda chorvachilik sohasini rivojlantirishga asos bo‘ladi, — deydi Mo‘ynoq tumani hokimi Saylaubay Daniyarov. — Shuningdek, ekologik vaziyat yaxshilanadi. Qushlar, yovvoyi hayvonlar keladi. Bioxilmaxillik rivojlanadi. Paydo bo‘lgan vetlandlar esa tuzning havoga ko‘tarilishiga ham to‘siq bo‘ladi.

Orolbo‘yi dala gidrogeologik ekspeditsiyasi tomonidan joriy yilda Mo‘ynoq tumanida, ya’ni Vozrojdeniye oroli, Surgil, Axantay hududlarida shu kabi 40 ta suv ko‘zlarini ochish rejalashtirilgan. Bu birinchisi bo‘lib, suv ko‘zlarining ochilishi Qoraqalpog‘istonning shimoliy tumanlarida chorvachilikni rivojlantirishga zamin yaratadi.

Shuningdek, 2021—2023-yillarda Janubiy Orolning qurib qolgan qismini geologik jihatdan o‘rganish ishlari olib borilishi ham alohida dastur sifatida qabul qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют