» » “Ifoda” kompaniyasi dehqon va fermerlarning ko‘makchisi!

“Ifoda” kompaniyasi dehqon va fermerlarning ko‘makchisi!


Bog‘dorchilik, dehqonchilik ota-bobolarimizdan meros bo‘lib qolgan eng ulug‘vor kasblardan biridir. Axir O‘zbekiston o‘zining betakror meva va sabzavotlari bilan bejizga dunyoda nom qozonmagan. Bunda, albatta, mehnatkash dehqonlarimizning xizmati katta. Biroq ba’zan uzoq kutilgan hosil doim ham yaxshi natija beravermaydi. Bu esa o‘z navbatida hosildorlikka, shuningdek, yillik daromadga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Shu sababli zamonaviy texnologiyalar davrida har tomonlama malakali mutaxassis bo‘lib, qishloq xo‘jaligi ekinlaridan sifatli va mo‘l hosil olish uchun kerakli bilim, ko‘nikmalarni egallash zarurdir.

“Ifoda” kompaniyasining mutaxassislari Respublikamiz bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarishlash va ulardan sifatli, mo‘l hosil olib, yuqori daromadlarga erishish bo‘yicha dehqon va fermer xo‘jaliklariga amaliy ko‘mak berib kelmoqda.

Jumladan, kompaniya yurtimizda qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat olib boruvchi fermer va dehqon xo‘jaligi mutaxassislariga, agronomlar hamda soha vakillariga qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi eng dolzarb mavzularda butun Respublikamiz bo‘ylab seminarlar tashkil etmoqda.

Mazkur ko‘rgazmali o‘quv mashg‘ulotlar orqali g‘alla, g‘o‘za va boshqa ekinlarni begona o‘t, kasallik va zararkunandalardan uyg‘unlashgan holda himoya qilish, ilmiy asoslangan holda ekinlarni o‘g‘itlash, ayni damda, sohada ro‘y berayotgan so‘nggi o‘zgarishlar bo‘yicha kerakli bilimlar beriladi. Ushbu seminarlar Respublikamizning 80 ta tumanida tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda hududlarda seminarlarni o‘tkazilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida: “Ifoda” kompaniyasi bir necha yillardan buyon Respublikamizdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi dehqon va fermer xo‘jaliklari hamda soha vakillariga ekinlarni zararkunanda, kasallik va begona o‘tlardan himoya qilish hamda ekinlarni o‘g‘itlashda amaliy jihatdan ko‘maklashib kelmoqda.

Shuningdek, “Ifoda” kompaniyasi taklif qilayotgan o‘simliklarni himoya qilish vositalari soni 70 dan ortiq bo‘lib, shu yildan boshlab xorijdan kelgan mutaxassislar bilan birgalikda 50 ga yaqin mineral va organik o‘g‘it mahsulotlari ham ishlab chiqarilmoqda.

Murojaat uchun telefon (Call-center): (+99878) 147 05 00

Telegram

E-mail:

Facebook

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют