» » “Vaqf” fondi andijonlik 20 nafar fuqaroga nogironlik aravachalarini sovg‘a qildi

“Vaqf” fondi andijonlik 20 nafar fuqaroga nogironlik aravachalarini sovg‘a qildi


26-yanvar, shanba kuni O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Andijon viloyati vakilligida viloyat hokimligi va “Vaqf” xayriya jamoat fondi hamkorligida “Muruvvat karvoni” nomli xayriya tadbiri tashkil etildi. Bu haqda jurnalist Umidjon Mamarasulov xabar qilmoqda.

Tadbirda Andijonning barcha shahar va tumanlaridan taklif etilgan 20 nafar imkoniyati cheklangan shaxsga nogironlik aravachasi, 100 nafardan ortiq ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan va boquvchisini yo‘qotgan fuqarolarga jami 90 million so‘mdan ortiq miqdordagi oziq-ovqat, mahsulotlari, kiyim-kechaklar ulashildi.

Tadbir davomida xizmat vazifalarini samarali o‘tab kelayotgan imom-xatiblarni rag‘batlantirish maqsadida musulmonlari idorasi tomonidan nashr ettirilgan diniy-ma’rifiy mazmundagi kitoblar sovg‘a qilindi.

— Xalqimizning og‘irini yengil qilish, muammolarini biroz bo‘lsada aritish, dillariga xushnudlik olib kirish maqsadida ko‘plab xayriya ishlari olib borilmoqda, — deydi fond rahbari I. Halilov. — Shu maqsad doirasida mehribonlik, saxovat va nuroniylar uylari, shifoxonalar, bemorlar, maktab-internatlari, moddiy yetishmovchiligi bor xonadonlar, boquvchisini yo‘qotgan oilalarga beg‘araz yordamlar ko‘rsatib kelinmoqda. Noyabr oyidan buyon ana shunday xayriya ishlarning davomi sifatida fond tomonidan respublika bo‘ylab “Mehr-muruvvat karvoni” nomli xayriya tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Shu kuni viloyatdagi barcha masjidlar imom-xatiblari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda fond rahbarining 2018-yil mobaynida qilingan hamda 2019-yilda amalga oshirilishi kutilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 107) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют