» » Osiyo Kubogi—2019. Yaponiya Eronga javobsiz 3 ta gol urib finalga chiqdi (video)

Osiyo Kubogi—2019. Yaponiya Eronga javobsiz 3 ta gol urib finalga chiqdi (video)


28-yanvar, dushanba kuni Osiyo Kubogining 1/2 finali doirasida birinchi uchrashuv yakunlandi.

Unda Yaponiya terma jamoasi Eron termasiga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuvning 57-daqiqasida Yuya Osako Takumi Minamino uzatgan to‘pni boshi bilan darvozaga kiritdi va hisobni ochdi (1:0). Oradan 10 daqiqa o‘tib, hakam tomonidan Eron terma jamoasi darvozasi tomon penalti belgilandi. Undan esa yana o‘sha Yuya Osako vaziyatdan unumli foydalandi va dublga erishdi (2:0). Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Genki Haraguchi hisobni yiriklashtirdi (3:0).

Shu tariqa Yaponiya Eron termasi darvozasiga javobsiz 3 ta to‘p kiritib, musobaqaning finaliga yo‘l oldi.

Ma’lumot uchun, yarim finalning ikkinchi to‘qnashuvida Qatar termasi mezbon BAA bilan jang qiladi.

Osiyo Kubogi—2019

1/2 final bahslari

28-yanvar, dushanba

Gollar: 0:1 — 57 Osako, 0:2 — 67 Osako, 0:3 — 90 Haraguchi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют