» » Qashqadaryodagi 39 ta bog‘cha rekonstruksiyasiga qariyb 135 millard so‘m sarflanadi

Qashqadaryodagi 39 ta bog‘cha rekonstruksiyasiga qariyb 135 millard so‘m sarflanadi


Joriy yil Qashqadaryodagi mavjud bog‘chalarning 39 tasi rekonstruksiya qilinadi. Buning uchun 134 milliard 850 million so‘m mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasining bino va inshootlardan foydalanishni muvofiqlashtirish va monitoring bo‘limi boshlig‘i Otabek Eshqobilov ma’lum qilmoqda.

“Joriy yildagi rekonstruksiya ishlari Prezidentimizning 2018-yil 19-dekabrdagi tegishli qarori asosida amalga oshiriladi, — deydi Otabek Eshqobilov. – Qarorga ko‘ra, viloyatimizdagi 39 ta maktabgacha ta’lim muassasasi ham rekonstruksiya qilinadi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalarining bo‘sh turgan binolarini rekonstruksiya qilish hajmining ortishi kutilmoqda”.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, 2017-yilda viloyatda 8 ta maktabgacha ta’lim muassasasi rekonstruksiya qilingan bo‘lsa, 2018-yilda ularning soni 15 tani tashkil qilgan.

Otabek Eshqobilovning qo‘shimcha qilishicha, 2019-yilda O‘zbekistondagi 447 maktabgacha ta’lim muassasasini qurish va rekonstruksiya qilish uchun 1 trillion 654 milliard so‘m ajratilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 104) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют