» » Toshkentda Britaniya Kengashining uch kunlik seminar-treningi boshlandi

Toshkentda Britaniya Kengashining uch kunlik seminar-treningi boshlandi


Toshkentda Britaniya Kengashining ayollarda yetakchilik qobiliyatini oshirish, buning uchun mavjud imkoniyatlarni ko‘rib chiqish va xalqaro tajribani o‘rganishni ko‘zda tutuvchi dasturi doirasida uch kunlik seminar-trening boshlandi, deb yozadi O‘zA.

Seminar-treningning ilk tadbiri “Bugun yetakchilik: rahbar ayollar uchun yangi imkoniyatlar” mavzusida tashkil etildi. Unda mamlakat oliy ta’lim tizimida rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi va Buyuk Britaniyaning Advance HE notijorat tashkiloti vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbatida Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining O‘zbekistondagi elchixonasi vakili Devid Spayers O‘zbekistonda ayollar faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar Britaniya Kengashi tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini ta’kidladi. Advance HE ijrochi direktori Alison Jons va boshqa ekspertlar O‘zbekiston oliy ta’lim sohasida ish yuritayotgan rahbar ayollarning tajribasi, tashabbus va intilishlari bilan qiziqdi.

Advance HE Buyuk Britaniyaning deyarli barcha oliy ta’lim muassasalari va Avstraliyaning 50 foiz universitetlarini qamrab olgan bo‘lib, tashkilot oliy ta’lim sohasida ta’lim jarayonini takomillashtirish va boshqarish, shuningdek, teng huquqlilik va xilma-xillikni ta’minlash ishlarini olib bormoqda.

Seminar-trening doirasida ta’lim sohasida ayollar yetakchiligi masalalariga bag‘ishlangan yalpi muhokama ham o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют