» » “Tadbirkor ayollar manfaati himoyamizda” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi

“Tadbirkor ayollar manfaati himoyamizda” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi


Toshkent viloyati Ohangaron shahrida “Bunyodkor ayollar” loyihasi doirasida “Tadbirkor ayollar manfaati himoyamizda” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Ohangaron shahar kengashi tomonidan shahar xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda shahar hokimligi va partiya shahar kengashi mas’ullari, soliq, bank sohasi mutaxassislari, tadbirkor va hunarmand xotin-qizlar, kollej bitiruvchi qizlari ishtirok etdi.

Mamlakatda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik faoliyati, ayniqsa, hunarmandchilik, kasanachilik yo‘nalishidagi oilaviy tadbirkorligini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani, bu borada ularga ko‘plab imtiyozlar yaratilgani ta’kidlandi.

O‘quv mashg‘ulotida ishbilarmon xotin-qizlar, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagini bildirganlar uchun mahorat darslari tashkil etildi.

Biznes rejasi muvaffaqiyatli, deb topilgan bir guruh ishtirokchilarga partiya sertifikatlari topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2018, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют