» » Rossiya IIV: IShID jangarilari Tojikiston chegaralarida to‘planmoqda

Rossiya IIV: IShID jangarilari Tojikiston chegaralarida to‘planmoqda


IShID jangarilari noma’lum vertolyotlarda Pokistondan Tojikiston chegarasiga — Rossiyaning janubiy sarhadlari tomonga yetkazilmoqda. Bu haqda Rossiya ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Igor Zubov ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

“Keng ko‘lamli provokatsiyalar uyushtirilishi rejalashtirilayotgani ehtimoldan holi emas. Bu Rossiyaga ko‘plab qochoqlar yo‘l olishi va boshqa noxush asoratlarga olib kelishi mumkin”, —  ogohlantirgan Zubov.

Shuningdek, Zubov O‘zbekiston va Tojikistondan mamlakatga kelayotganlar alohida e’tibor talab qilishini bildirdi.

“Ularda qonunlarga rioya etish darajasi ancha oshgan. Shunday bo‘lsa ham, hatti-harakatlari va dunyoqarashlari kuchaytirilgan e’tiborimizni talab qiladi”, — dedi Rossiya ichki ishlar vaziri o‘rinbosari.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют