» » Pentagon Kolumbiya va Venesuelaga harbiylarini yubormaydi

Pentagon Kolumbiya va Venesuelaga harbiylarini yubormaydi


Amerikaning harbiy qo‘mondonligi Kolumbiya yoki Venesuelaga harbiylarini yo‘naltirmayapti, deya xabar beradi “Interfaks”.

Amerika harbiylarini Kolumbiyaga yoki bir yo‘la Venesuelaga yuborilishi ehtimoli AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha Jon Boltonning ijtimoiy tarmoqlarga joylangan suratlaridan so‘ng paydo bo‘lgan.

U Oq uydagi Venesuela bo‘yicha brifingga sariq rangdagi qog‘ozlar bilan kelgan. Suratda qog‘ozlarning ustida birorta ham yozuv yo‘q, ammo aniq-tiniq qilib “Kolumbiyaga 5 ming nafar harbiy” yozilganini ko‘rish mumkin.

Shu munosabat bilan ijtimoiy tarmoqlarda turli munozaralar yuzaga kelgan, aksariyat foydalanuvchilar bu tasodif emasligini yozgan.

Ularning fikricha, Bolton ayrim sabablarga ko‘ra jurnalistlarga ushbu yozuvni suratga olish uchun imkon bergan.

Oq uy Amerika OAVlariga ushbu masalani izohlamayapti. Biroq AQSh ma’muriyata Vashington Venesueladagi krizisiga yechim topishning barcha imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotganligini eslatgan.

Avval xabar berilganidek, AQSh o‘tgan haftada o‘zini muvaqqat prezident deb e’lon qilgan muholifatchi Huan Guaydoni Venesuelaning qonuniy rahbari deb tan olgan. Venesuela hukumati esa Guaydoni qonuniy prezident deb sanamayapti.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 116) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют