» » O‘zbekistonda sobiq mahbuslarning 88 foizi ish bilan ta’minlangan

O‘zbekistonda sobiq mahbuslarning 88 foizi ish bilan ta’minlangan


2018-yilda jazoni ijro etish koloniyasidan ozod qilinganlarning 88 foizi ish bilan ta’minlandi, deb bayonot qildi 30-yanvar kuni O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i general-mayor Qutbiddin Burxonov. Bu haqda Sputnik yozmoqda.

“Bu kabi ishlar shu paytgacha O‘zbekistonda bo‘lmagan. O‘tgan 2018-yildan boshlab ichki ishlar idoralari xodimlari ozodlikdan mahrum bo‘lgan joylardan chiqqandan keyin ularni ishga joylashtirish va ularning maishiy masalalarini ham hal qilib kelmoqda”, — deya tushuntirdi IIV vakili.

Ta’kidlanishicha, mahbuslarning 24 foiziga moddiy yordam ko‘rsatilgan, 2018-yilda amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida muqaddam sudlanganlar tomonidan sodir qilingan jinoyatlar 49,1 foizga kamayishiga erishilgan.

Brifingda berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonning har 100 ming aholisiga 140 nafar mahbus to‘g‘ri keladi. Ushbu ko‘rsatkich 2017-yil bilan taqqoslaganda 10 foizdan ortiqqa pasaygan. Ushbu kamayish mamlakatda jinoyatchilik darajasi pasayishi bilan bog‘liqdir.

O‘zbekiston IIV jazoni ijro etish bosh boshqarmasi rahbari Jamshid Sultanovga ko‘ra, jazoni ijro etish joylarida jazo muddatini o‘tayotgan har 30 chi mahbus ayol kishidir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют