» » Kenguruning dastlabki vakillari daraxtlarda yashagan

Kenguruning dastlabki vakillari daraxtlarda yashagan


Avstraliyaning Melburn universiteti olimlari Kvinslend texnologiya universitetidagi hamkasblari bilan hamkorlikda Avstraliyada kengurular qachon va qanday paydo bo‘lganini aniqlash maqsadida zamonaviy kengurularni ommaviy tekshirib, ularning qadimgi ajdodlari qoldiqlarining DNKsini tahlil qilishdi. ABC teleradiokompaniyasi ularning kelib chiqish va rivojlanish tarixi haqida batafsil ma’lumot berdi, deb yozadi “TASS”.

Ular xilma-xil

Hozirgi kengurularning avlodlaridan biri vazni 300 kilogrammli protokoptodon bo‘lib, u mintaqa megafaunasida yashagan va taxminan 15 million yil avval qirilib ketgan. Olimlarning taxminiga ko‘ra, u shunchalik katta bo‘lganki, hozirgi qopchiqlilar kabi sakrab emas, haqiqiy dinozavrlarga o‘xshab orqa oyoqlarida yurib harakatlangan.

“Avstraliyaning qizil kengurusi ularning aynan avlodi hisoblanadi. Bo‘yi deyarli ikki metr, vazni 100 kilogrammni tashkil etuvchi bu kengurularni ko‘rib ularning bahaybat ajdodlari qanday bo‘lganini tasavvur qilsa bo‘ladi”, — deydi Melburn universitetidan bo‘lgan ekolog, yovvoyi tabiat bo‘yicha tadqiqotchi Grem Koulson.

Biroq, olimning so‘zlariga ko‘ra, taxminan 30 million yil avval paydo bo‘lgan kenguru ajdodlari orasida nafaqat bahaybat, balki juda kichik o‘lchamdagi kengurular ham bo‘lgan. “Hozirgi kunda Kvislend tropik o‘rmonlarida ajoyib jonzot – mushkli kengurusimon kalamushni uchratish mumkin. U katta odam kaftiga sig‘adi va og‘irligi yarim kilogramm ham chiqmaydi. Biroq kenguruning bu turi noyob hisoblanadi. Chunki u bir necha o‘n million yildan beri mavjud”, — deydi Koulson. — Ya’ni, bahaybat kenguru turlari qirilib ketgan, kichkina o‘lchamdagisi esa qanday bo‘lsa, deyarli shundayligicha saqlanib qolgan”.

Katta va kichik

Umuman olganda, Avstraliyada kengurular ikkita katta turga bo‘linadi: haqiqiy kenguru (unga yirik kenguru turlari – qizil hamda sharqiy va g‘arbiy kulrang kengurulari kiradi) va vallabi (tungi hayot tarzini afzal ko‘ruvchi uncha katta bo‘lmagan hayvon).

“Albatta ularni kenguru va vallabiga bo‘lish shunchaki shartli xolos. Ular o‘rtasidagi farq faqat kattaligi jihatida deb tasavvur uyg‘otishi mumkin. Aslida esa, bu hayvonlarning tish tuzilishi har xil, yashash muhiti, oziqlanishi va albatta genetik to‘plami ham farq qiladi”, — deb izoh beradi olim.

Shunga qaramay, ularning ajdodlari umumiy bo‘lib, ko‘proq kenguruga emas, kichkina mushkli kengurusimon kalamushga o‘xshaydi. Mushkli kengurusimon kalamush — bu turning yagona vakilidir. Uncha katta bo‘lmagan ushbu hayvon faqat Avstraliyaning shimoli-sharqiy sohillaridagi tropik o‘rmonlarida yashaydi. Kalamush tanasining uzunligi odatda 25 santimetrdan oshmaydi, vazni esa o‘rtacha 400 grammni tashkil etadi. Ko‘rinishidan mushkli kalamush oddiy kenguruga o‘xshaydi, biroq bu xalatali kalamush uning ajdodi bo‘lmish haqiqiy kenguru kabi orqa oyoqlarida sakrash qobiliyatiga ega.

Noyob kengurular

Hozirgi kengurularning dastlabki ajdodlari daraxtlarda yashagan va barglar, qo‘ziqorinlar va mevalar bilan oziqlangan. Keyinchalik, ayrimlari o‘rmonda qolgan, boshqalari esa bepoyon tekisliklarga chiqqan.

“Ularning yutug‘i aynan turli sharoitlarga moslashuvchanligidir. Ular dag‘al o‘tlarni yeyishni, quruq barglarni soatlab chaynashni o‘rgangan. Shuningdek, uzun dumiga tayangan holda sekin harakatlanishni, undan jangda foydalanishni o‘rgangan”, — deydi Kvinslend texnologiya universiteti biologi Metyu Fillips.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют