» » Wi-Fi elektrga aylandi

Wi-Fi elektrga aylandi


Massachusets texnologiyalar instituti olimlari Wi-Fi’ni quvvat manbasi sifatida ishlatadigan qurilmani yaratishga birinchi qadamni qo‘ydi. Bu haqda “Hi-tech.mail.ru” xabar berdi.

Elektromagnit to‘lqinlarni o‘zgarmas elektr oqimiga aylantiradigan qurilmalar paydo bo‘lganiga ancha bo‘lgan. Ular o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantiruvchi antennalar yoki rektennalar deb ataladi. Amerikalik olimlar shunga o‘xshash yangi uskunani namoyish qildi. U transformatsion radio chastotali antennalar yordamida elektromagnit to‘lqinlarni (jumladan, Wi-Fi nuqtasidan tarqalayotgan signallarni) o‘zgaruvchan tok sifatida ushlash qobiliyatiga ega.

Bunday antenna bir necha atomlarning qalinligicha keladigan 2D yarim o‘tkazgichiga ulanadi. U yerda o‘zgaruvchan tok o‘zgarmas tokka aylanadi. Bunday sxema yordamida muhandislar batareya va akkumlyatorsiz ishlaydigan ko‘chma qurilmalarni yaratadi. Oddiy qilib aytganda, ular havodan quvvat oladi.

Bundan tashqari, radio signallarni tokka aylantiradigan qurilma egiluvchan bo‘ladi va plyonkaga o‘xshash shaklda ishlab chiqilishi mumkin.

“Biz kelajakdagi murakkab elektron tizimlarni quvvat bilan ta’minlashning yangi usulini ishlab chiqdik.  [...] yo‘l bilan Wi-Fi quvvatini to‘plash atrofimizdagi har bir obyektni aqlli qilishga imkon beradi,” — deydi kashfiyotchi Tomas Palasios.

Yangi texnologiyalar egiluvchan smartfonlar, Internet-sensor buyumlar va tibbiy implantlar uchun ishlatilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют