» » Toshkentda “Xalq ma’naviy olamini yuksaltirishda teatrning o‘rni” mavzusida anjuman bo‘lib o‘tdi

Toshkentda “Xalq ma’naviy olamini yuksaltirishda teatrning o‘rni” mavzusida anjuman bo‘lib o‘tdi


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston teatr ijodkorlari uyushmasi bilan hamkorlikda 30-yanvar kuni O‘zbek Milliy akademik drama teatrida poytaxt teatrlari ijodkorlari ishtirokida “Xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishda teatr san’atining o‘rni” mavzusidagi anjuman bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Ma’naviyat va ma’rifat markazi  matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbir doirasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi bilan O‘zbek milliy akademik drama teatri xodimlari uchun “Ma’naviyat” kutubxonasi ochildi. Markaz tomonidan mazkur kutubxonaga mingga yaqin turli nomdagi kitoblar taqdim etildi. Kelgusida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi yurtimizdagi barcha teatrlarda kutubxonalar tashkil etishni maqsad qilgan.

Anjumanni Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov ochib berdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PQ-3160-son Qarorida belgilab berilgan vazifalar, shuningdek, mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion kurashlar kuchayib borayotgan hozirgi murakkab va tahlikali davrda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yangi bosqichga ko‘tarish, yoshlarni turli mafkuraviy hurujlardan himoya qilish, yon-atrofda yuz berayotgan voqealarga daxldorlik hissini oshirish, mamlakat mustaqilligiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan tajovuzlarga qarshi san’at va madaniyat vositasida izchil kurash olib borish vazifalaridan kelib chiqib, shu bilan bir qatorda teatrlar jamoalari orasida sog‘lom ijodiy va ma’naviy muhit mavzularida o‘zaro fikr almashildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют