» » O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida vatanparvarlik tarbiyasining ma’naviy-ma’rifiy texnologiyalariga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazildi

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida vatanparvarlik tarbiyasining ma’naviy-ma’rifiy texnologiyalariga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazildi


2019-yil 18-yanvar kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi bilan hamkorlikda “Globallashuv sharoitida vatanparvarlik tarbiyasining ma’naviy-ma’rifiy texnologiyalari” mavzusida konferensiya o‘tkazildi. Bu haqda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining mas’ul xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi tashkil etilgan kundan boshlab Qurolli Kuchlar tizimidagi barcha ma’naviy va ma’rifiy ishlarni amalga oshirishda, turli tashkilotlarda tadbirlar, davra suhbatlari tashkil etishda amaliy ko‘maklashmoqda va markaz o‘z vazifasini mas’uliyat bilan bajarib kelmoqda.

Konferensiyada so‘zga chiqqanlar tomonidan mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini va mudofaa qudratini yuksaltirish, O‘zbekiston sarhadlari daxlsizligini ta’minlash, jamiyatda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlikni asrash, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining birgalikda amalga oshirayotgan ishlari, aholi va yoshlar uchun ikki tashkilot tomonidan tashkil etilayotgan tadbirlarning respublika hayotidagi o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida aytib o‘tildi.

Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ul xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi xodimlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют