» » Toshkentda sigareta chekib uxlab qolish oqibatida yong‘in chiqishi bo‘yicha bir kunda ikkita holat qayd etildi

Toshkentda sigareta chekib uxlab qolish oqibatida yong‘in chiqishi bo‘yicha bir kunda ikkita holat qayd etildi


2019-yil 31-yanvar kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashagan B.N. mast holda uyida sigareta chekib, uxlab qolishi oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada uyning 2 kv.m. maydoni yonib zarar ko‘rgan va yong‘in o‘chirish vaqtida B.N.ning kuygan holdagi jasadi topilgan.

Shuningdek, Toshkent shahrining M.Ulug‘bek tumanida 31-yanvar kuni Feruza dahasida yashovchi O.T. ham mast holda sigareta chekib uxlab qolishi oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan. Natijada uyning 2 kv.m. maydonda divani yonib zarar ko‘rgan hamda O.T. kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Har ikki holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют