» » Putin AQSh qaroridan so‘ng “Kalibr” raketasini oxiriga yetkazib qo‘yishni buyurdi

Putin AQSh qaroridan so‘ng “Kalibr” raketasini oxiriga yetkazib qo‘yishni buyurdi


Prezident Vladimir Putin mudofaa vazirligining boshlig‘i Sergey Shoyguning quruqlikdagi “Kalibr” gipertovushli raketalarni yaratish bo‘yicha takliflarini qo‘llab-quvvatladi, deya xabar beradi “RBK”.

“AQSh tajriba va konstruktorlik ishlar bilan shug‘ullanayotganini e’lon qildi va biz ham huddi shunday yo‘l tutamiz”, — deydi prezident.

Ayni damda Rossiyaning “Kalibr” raketasi faqat dengiz bazasida ishlab chiqariladi va faqat yangi rus fregatlari va raketa kemalariga o‘rnatiladi.

Bu esa raketalarni yerosti qurilmalariga o‘rnatishga imkon bermaydigan o‘rta va uzoq masofadagi raketalar to‘g‘risidagi kelishuv shartlari bilan bog‘liq edi.

Bugungi kundan Qo‘shma Shtatlar ushbu shartnoma kelishuvidan chiqishni boshlaydi va 1987-yilda qabul qilingan majburiyatlarni to‘xtatadi. Shartnomani bekor qilish jarayoni olti oy davom etadi.

Amerika Prezidenti Donald Tramp kuni kecha Vashington Moskva tomonidan kelishuv doirasida “Rossiyanining noqonuniy xatti-harakatlaridan mahrum qilish” maqsadida qonunbuzarliklarga javoban o‘z qurollarini ishlab chiqishga va’da bergan.

Shunga qaramay, birozdan so‘ng u Rossiya bilan o‘rta va qisqa masofali raketalar bo‘yicha yangi shartnoma tuzish istagini ma’lum qilgan.

AQShning Rossiyaga qarshi da’vosiga sabab Iskandar-M qurilmalaridan foydalanish mumkin bo‘lgan 9M729 qanotli raketasi bo‘lgan.

AQSh Milliy razvedka boshqarmasi direktori Daniyel Kouts, 2015-yilga qadar Rossiyaning raketa sinovlarini o‘tkazgan va shartnomalar talablariga javob bermaydigan raketa sinovlarini o‘tkazganligini aytgandi.

Moskva esa o‘z navbatida raketa kelishuv qoidalarini buzmaganligiga ishonadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 40) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют