» » AQSh vaziri Meksika bilan chegarada onalarni farzandlaridan ajratishga va’da berdi

AQSh vaziri Meksika bilan chegarada onalarni farzandlaridan ajratishga va’da berdi


AQSh Ichki xavfsizlik vaziri Jon Kelli CNN telekanaliga bergan intervyusida vazirlik Meksika bilan chegarada onalarni farzandlaridan ajratish masalasini o‘rganib chiqayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

“Men odamlarni Meksika orqali AQShga yetkazib qo‘yuvchi juda xavfli tarmoq tashkilotlariga yordam so‘rab murojaat qiladigan Markaziy Amerika fuqarolarini to‘xtatish uchun nima qilish kerak bo‘lsa, deyarli barchasini qilishga tayyorman”, — dedi Kelli.

CNN muxbirining vazirlik onani farzandidan ajratishgacha borishi ehtimoli borasida bergan savoliga Jon Kelli: “Biz ham aynan shu yo‘lni o‘rganmoqdamiz”, — deb javob qaytargan.

Kellining qayd etishicha, Ichki xavfsizlik vazirligi hamrohi bo‘lmagan voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lgani bois qo‘lga olingan bolalar haqida yaxshi qayg‘uradi.

Vazir o‘zi rahbarlik qilayotgan muassasa zudlik bilan shifokorlar va ijtimoiy xizmat vakillari bilan bog‘lanishi, ular esa voyaga yetmaganlarni oilalarga joylashtirishi yoki mamlakat hududida qonuniy yashaydigan qarindoshlariga topshirishini ma’lum qildi.

Mazkur chora deportatsiya bo‘yicha bahslashayotgan yoki o‘z ishi bo‘yicha sud qarorini kutayotgan onalarni hibsga olish, bolalarni esa vasiylikka topshirish imkonini beradi.

Amaldagi AQSh qonunchiligiga ko‘ra, deportatsiya masalasida sudlashayotgan ayollar ozodlikda qoladi, ularga AQSh hududiga kirish ruxsat etilgan.

Опубликовано: admin (7-03-2017, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют