» » Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorlik masalalarini muhokama qildi


Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 1-fevral kuni Markaziy Osiyo davlatlari diplomatik missiyalari bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb yozadi UzDaily.

Rossiya TIV matbuot xizmatiga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi vaqtinchalik ishonchli vakili Zokir Zoitov ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida tomonlar bir qator umumiy aktual masalalarda fikr almashdi.

Diplomatlar Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqada barqarorlik, xavfsizlik va taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan amaliy hamkorlik yo‘nalishlarini ko‘rib chiqdi.

Tomonlar bunday formatdagi uchrashuvlar muntazam asosda o‘tkazilishiga kelishib oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют